Ру Ўз O`z En

2021 yil gʼalla hosili uchun sifatli urugʼlik don tayyorlash qay ahvolda?

28 Sentyabr 2020 2093

Qishloq xoʼjaligi ekinlaridan yuqori hosil va sifatli mahsulot olishning asosiy negizi urugʼchilikka bogʼliq boʼlib, urugʼ bozorini shakllantirishda urugʼlarni yetishtirish, qayta ishlash hamda navdorlik va ekinboplik sifatlarini nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 546-son qarorida "Oʼzagroinspektsiya"ga bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Respublikada kelasi yil gʼalla hosili uchun “Oʼzdonmahsulot” АK tizimidagi 38 ta korxonalar hamda Аgroklasterlarning 4 ta korxonasi tomonidan jami 272,1 ming tonna urugʼlik don tayyorlash rejalashtirilgan boʼlib, hozirgi kunga qadar 91,5 foiz ( 248,8 tonna) urugʼlikni saralash-dorilash ishlari amalga oshirilgan.

Jumladan, Jizzax viloyatida 62 foiz, Qashqadaryo viloyatida 76,3 foiz, Toshkent viloyatida 87 foiz, Sirdaryo viloyatida 89,3 foiz, Fargʼona viloyatida 94 foiz, Surxondaryo viloyati 95 foiz va Buxoro viloyati 97 foizga saralash-dorilash tadbirlari belgilangan muddatda yakunlanmagan.

Inspektsiya tomonidan standart talablar asosida sifatli urugʼlik tayyorlash maqsadida tizimli va qatʼiy nazorat oʼrnatilgan boʼlib, “Oʼzdonmahsulot” АK hamda Аgroklasterlarga qarashli jami urugʼlik-don tayyorlayotgan 67 ta sexlarga inspektsiyaning hududiy boʼlimlari xodimlari birikitirildi va ular tomonidan davlat standarti talabi asosida urugʼlik don tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va navlar aralashmasligi boʼyicha doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Inspektsiya huzuridagi “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUK tomonidan 227 ming tona urugʼlik don toʼdalaridan namunalar olinib 177 ming tonna urugʼliklarga muvofiqlik sertifikatlari berildi.

Don ekinlari urugʼlari yetishtirilishini nazorat qilish boʼlimi tomonidan inspektsiyaning hududiy boshqarmalariga urugʼlik don toʼdalarini belgilangan tartibda sertifikatlash va ekish uchun fermer xoʼjaliklariga yetkazib berish ishlarini nazoratga olish yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berilib, kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Sh. Xayitov, "Oʼzagroinspektsiya", Don ekinlari urugʼlari yetishtirilishini nazorat qilish boʼlimi boshligʼi

Text to speech