Ру Ўз O`z En

Birgina Romitanning oʼzida 2 ming 206 ta qishloq xoʼjaligi texnika va agregatlari kapital taʼmirlanadi

26 Yanvar 2021 1874

Maʼlumki kelgusi yil hosilini yaratishda texnika vositalarining ulushi katta. Аyniqsa, texnik jihatdan soz boʼlgan qishloq xoʼjaligi texnika vositalarini taʼmirlash, bahorgi ekish mavsumiga tayyorlab qoʼyish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, “Oʼzagroinspektsiya”ning Buxoro viloyati Romitan tuman boʼlimi hamda tumandagi masʼul mutasaddi tashkilotlar yordamida texnikalarni taʼmirlash uchun tumanning Qoʼrgʼon Ximiya shoxobchasi va “ROMITAN AGROSERVIS MTP” va “VST AGROKOMPLEKS CLUSTER” MChJ lardagi saroylarida 2021 yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan barcha texnikalar taʼmirlash uchun maskanlarga kiritildi.

Tuman boʼlimi inspektorlari tomonidan har bir texnikaning nosoz ehtiyot qismlari, kamchiliklari fermer xoʼjalik rahbarlari va mexanizatorlariga koʼrsatib berilib, nuqson dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

-Hozirgi kunda tumandagi mavjud 23 ta gʼalla oʼrish kombayni, 284 ta chopiq traktori, 32 ta chigit ekish, 11 ta don ekish seyalkalari, 284 ta kultivator, 8 ta yer tekislagich, 17 ta purkagich, 54 ta chizel, 66 ta omoch, 23 ta mineral oʼgʼit sepish mashinalari va 1 404 ta tishli baranalar, jami 2 206 ta qishloq xoʼjaligi texnika va agregatlari kapital taʼmirlanmoqda -deydi Inspektsiyaning Buxoro viloyati boshqarmasi, Romitan tuman boʼlimi inspektori Yorqin Otaev.

Maqsad kelgusi yil hosili uchun zamin yaratish va mirishkor dehqonlarimizning qanoti boʼlmish texnikalarning mavsumga shay holatda boʼlishini taʼminlashdan iborat.

"Oʼzagroinspektsiya" Buxoro viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech