Ру Ўз O`z En

Boyovut tumanida chigit ekish ishlari “O‘zagroinspeksiya”nazoratida

13 Aprel 2021 1934

Ayni kunlarda yurtimiz bobodehqonlari, quyosh nurlarining tafti zamin uzra taralayotgan iliq kunlarda, yerning tobida yetilganidan foydalanib, chigit ekish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishdilar.

Joriy yilda tumanda 10 500 gektar yer maydonlariga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 5 982 gektar maydonga g‘o‘zaning “Sulton” va  4518 gektar maydonga g‘o‘zaning An-Boyovut-2” navlari ekilishi belgilangan.

Shuningdek, hududlarda chigit ekish ishlarini amalga oshirish uchun bugungi kunda 386 tonna sifatli urug‘lik chigitlar tayyorlanib, “Boyovut Texno Klaster” MCHJga qarashli urug‘lik chigit tarqatish shahobchalari orqali fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan - deydi “O‘zagroinspeksiyaning Boyovut tuman bo‘lim boshlig‘i Jaloliddin To‘rayev.

Xususan, chigit ekish ishlarini unumli va samarali tashkil etish, maqbul muddatlarda chigit ekish ishlarini yakunlash uchun, tumanda 35 ta chigit ekish otryadlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, tumanda chigit ekish ishlarida ishtirok etayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mobil guruhlari tashkil etilib, ular tomonidan yoqilg‘i moylash materiallari chigit ekilayotgan dalalardagi texnikalarga uzluksiz yetkazib berilmoqda.

 

Shu bilan birga, chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida, tumanda 231 dona chopiq traktori, 231 dona kultivator, 71 dona purkagichlar, 43 dona mineral o‘g‘it sepgichlar taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgani “O‘zagroinspeksiyaning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilib, ularga masxsus sertifikatlar berildi.  

Tumanda chigit ekishga yer tayyorlash, chigit ekish hamda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi mavsum davomida “O‘zagroinspeksiyaning Boyovut tumani bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olinib va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berib boriladi.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech