Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik sohasida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tegishli tashkilotlarga 457 ta ogohlantirishlar berildi  

25 Iyun 2020 3229

 

Inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, chorva mol bosh sonlarini inventarizatsiya qilish hamda fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, barcha tumanlar chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘yicha inspektorlarini seleksiya va naslchilik sohasidagi bilim va malakalarini individual tartibda oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Chorvachilikni barcha tarmoqlari bo‘yicha amaldagi qonun xujjatlari, aholini chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabi hamda ta’minlanishi, chorva bosh sonlari, mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ozuqa yer maydonlari to‘g‘risidagi statistik tahliliy ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, barcha tumanlarga namunaviy pasportlar yetkazildi. 

Sohada qonuniylikni ta’minlash maqsadida 325 ta nazorat tadbirlari olib borildi va natijada 38 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib,
17 nafar shaxslarga ma’muriy jarimalar qo‘llanildi hamda tashkilotlarga 8 ta taqdimnoma va 13 ta yozma ko‘rsatmalar kiritildi. Shuningdek, ishlarni belgilangan tartib qoidalar asosida tashkil qilinishini ta’minlash hamda qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida  tegishli tashkilotlarga 457 ta ogohlantirishlar berildi.

Xorazm viloyatida O‘zagroinspeksiya viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish inspektorlari tomonidan bir qator nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Birgina Xonqa tumanida bugungi kunda qoramolchilik yo‘nalishida jami 122 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat ko‘rsatib, shundan, naslchilik toifasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 4 tani tashkil etmoqda. Mazkur xo‘jaliklarda quyidagi zootexnikaviy hisob-kitob va naslchilik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, birlamchi zootexnikaviy hujjatlarni yuritish, sigirlar salmog‘ini 50 foizga yetkazish, yosh mollarni zootexnikaviy talablarga muvofiq o‘stirish, tirik vaznini 350-450 kilogrammga yetkazish, sigirlarni sut mahsuldorligini 30-40 foizga oshirish, sigirlar podasidan “Nasl negizi” (plem yadro)ni tashkil etish va balanslashtirilgan ratsionlar asosida to‘g‘ri oziqlantirilib borilishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilib borilmoqda.

Shu jumladan, tuman “Xonqa chorva kapital” naslchilik MChJda bugungi kunda qoramollar 443 bosh, shundan, 103 bosh sigirlar parvarish qilinmoqda. Xo‘jalikda hozirgi kunda 78 bosh sigir sog‘ilmoqda, kunlik sut sog‘imi 1 tonna 640 kg.ni tashkil etmoqda yoki bir bosh sigirdan o‘rtacha 18-25 kg.dan sut sog‘ib olinmoqda hamda sogib olingan sut miqdorining elektron Hisobi yuritilmoqda.

Xo‘jalikda 1 nafar seleksioner zootexnik hamda mollarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha 1 nafar osemenator mutaxassislari faoliyat yuritmoqda, ushbu xo‘jalikda tug‘ilgan har bir bosh naslli buzoqlar naslchilik qoidalariga muvofiq identifikatsiyalanib, naslchilik bo‘yicha jurnalga qayd etib borilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan va bu kabi nazorat tadbirlari tumandagi boshqa xo‘jaliklarda ham davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

                                                    

 

Text to speech