Ру Ўз O`z En

Qarorga sharh: Paxta xom-ashyosi yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab quvvatlanadi

18 Sentyabr 2024 440

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 13-sentyabr kunida “Paxta xom-ashyosi yetishtiruvchilarning moliyaviy qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 574-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

2024-yildan boshlab paxta xom-ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalar o‘rtasida paxta xom-ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining “Paxta xom ashyo seksiyasi”da har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolar natijalariga ko‘ra tuziladi.

Shuningdek, Fyuchers shartnomaga muvofiq yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek qayta ishlovchilar bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o‘z mablag‘lari, shu jumladan jalb qilingan mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom-ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotilishi yoki (va) qayta ishlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

2024-yil hosili yig‘im-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari bo‘yicha paxta xom-ashyosining boshlang‘ich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘m atrofida shakllanayotganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xom-ashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi 7 mln 800 ming so‘m miqdorida eʼlon qilinishi belgilangan.

Paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xom-ashyosi (paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom-ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzish, bunda paxta xom-ashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligini inobatga olinadi.

2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xom-ashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida eʼlon qilish;

Qolaversa, 2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xom-ashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizini, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunga ko‘ra, Joriy yil paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish va nizolarni o‘z vaqtida joyida hal etish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan barcha viloyat boshqarmalarida mobil arbitraj guruhlari tashkil etildi.

2024-yil paxta hosilini qabul qilishda nizolarni joyida tezkor hal etish shuningdek, qabul qilinayotgan paxta xom-ashyosining sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘ri tahlil qilinishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan nazorat qilib borilmoqda

K.Axmedov, Inspeksiya boshqarma boshlig‘i    

Text to speech