Ру Ўз O`z En

G‘alla hosili salmog‘i – bugungi harakatga bog‘liq

16 Oktyabr 2020 2794

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentabrdagi «2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  546-sonli qaroriga asosan 2021 yil hosili uchun serhosil, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan kuzgi boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari va bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Joriy yilda Toshkent viloyatida 2021 yil hosili uchun 2 ming 559 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 109 ming 580 gektar, shundan 106 ming 485 gektar suvli va 3 ming 95 gektar lalmi maydonlarga boshoqli don ekish rejalashtirilgan.

G‘alla ekiladigan suvli maydonlarning 33 ming 666 gektari ochiq maydonlarga va 72 ming 819 gektari g‘o‘za qator orasiga ekish belgilangan.

Viloyatda jami 108 ming 485 gektar maydonlarga ekiladigan navlar, Grom 35 ming 394 gektar , Aleksevich 17 ming 245 gektar, Krasnodar- 994 ming 870 gektar, Tanya 15 ming 354 gektar, Antonina 9 ming 629 gektar, Vassa
14 ming 610 gektar, Gratsiya 4 ming 300 gektar, Asr 1 ming 138 gektar, G‘ozg‘on
1 ming 557 gektar, boshqa turdagi navlar 688 gektar bo‘lsa, Arpa 1 ming gektar va lalmi maydonlarga Intensivnaya 2 ming 450 gektar va boshqa navlar
645 gektar ekilishi rejalashtirilgan.

2021 yil hosili uchun viloyat bo‘yicha jami 27 ming 48 tonna  urug‘lik-don jamg‘arilib, bugungi kunda don korxonalari tomonidan yuz foiz (100 foiz) tayyorlangan.

Tashkil etilgan 203 ta g‘alla otryadlarida yer tayyorlash ishlariga        441 dona xaydov traktori, 220 dona chizel, 66 dona yer tekislagich, 232 dona mola, 187 dona o‘g‘it sepgich va 870 dona o‘q ariq olgichlar biriktirilib, ularga 42 ta xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari xizmat ko‘rsatmoqda.

G‘alla ekish uchun ochiq maydonlarga 95 dona don ekish seyalkalari va g‘o‘za qator orasi uchun 1033 ta kultivator moslamalari jalb etilgan.

G‘alla ekish bilan birga har bir gektarga o‘rtacha (ammafos hisobida)
85 kg.dan fizik holda jami 9 ming 4 tonna fosforli va 33 kg.dan jami          3 ming 547 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar talab etilib, bugungi kunda viloyatda 5 ming 726 tonna fosforli va 2 ming 794 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar zaxirasi yaratilgan.

Yer tayyorlash ishlari bir kunda 3 ming 561 gektar,  mavsum boshidan 65 ming 142 gektar  shundan, ochiq maydonlarda bir kunda 198 gektar va mavsum boshidan 28 ming 133 gektar, g‘o‘za qator orasiga bir kunda                                                                                         3 ming  363 gektar,  mavsum boshidan 97 ming 9 gektar yer tayyorlanib                ketma- ket  ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyatida ekish ishlari bir kunda 3 ming 960 gektar, mavsumda 53 ming 57 gektar  ekilgan bo‘lib, shundan ochiq maydonlarga bir kunda 313 gektar, mavsum boshidan 26 ming 832 gektar, g‘o‘za qator orasiga bir kunda 3 ming 647 gektar, mavsum boshidan 26 ming 225 gektar maydonga ekish ishlari olib borilmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, g‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari bir kunda 3 ming 333 gektar, mavsum boshidan 8 ming 671 gektar maydon sug‘orildi. Viloyatda 2021 yil g‘alla hosili uchun ekiladigan urug‘likni urug‘chilikka ixtisoslashgan Agroklasterlar tomonidan yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu tizimda boshlang‘ich usulni, ya’ni superelita urug‘larini viloyatning urug‘chilik ilmiy markazlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan respublikaning ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida ish olib borilmoqda.

Joriy yilda urug‘chilikka ixtisoslashgan “Agrovir Salanus” agroklasterda 800 gektar maydonda yetishtirilgan superelita urug‘liklari ekilib,  3 ming tonnadan ortiq elita urug‘lari yetishtiriladi.

Bundan tashqari, 2020 yil davomida yetishtirilgan urug‘lik 140 dan ortiq fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan bo‘lsa, 2021 yilda “Agrovir Salanus” agroklasteri tomonidan viloyatga zarur bo‘lgan elita urug‘liklar yetishtirilishi  mo‘ljallangan.

Viloyatda 2020 yilda 19 ta nav g‘alla ekilgan bo‘lsa, 2021 yilda faqatgina 5 ta nav urug‘liklar ekilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek joriy yilda birinchi avlod (R1) urug‘lik yetishtirish uchun 4 ta klaster tomonidan (“Agrovir Salanus”, “TST CLUSTER”, “Agrosuper eksport” “ABC Oqqo‘rg‘on”),  9 ming gektar maydonda viloyat uchun talab etiladigan birinchi avlod (R1) 27 ming tonna urug‘lik tayyorlanadi. Bugungi kunga qadar ushbu urug‘lik viloyatdagi 240 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilib kelingan.

Inspeksiyaning Toshkent viloyati va uning xududiy bo‘limlari tomonidan 2021 yilga urug‘likni jamg‘arish va g‘allani yetishtirish borasida ishlar tashkillashtirilib, nazoratga olingan va barcha chora-tadbirlar ko‘rilishi taminlangan.

 

A.Mo‘minov, Inspeksiyaning Toshkent viloyati

boshqarmasi texnika holati va

agrotexnik tadbirlarni nazorat

qilish bo‘limi inspektori                                                      

Text to speech