Ру Ўз O`z En

HISOBOT YIG‘ILISHLARI DAVOM ETMOQDA

10 Yanvar 2022 1186

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarida 2021 yil yakunlari hamda 2022 yildagi vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishlari davom etmoqda.

Jumladan, Inspeksiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan bugun tashkil etilgan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Unda "O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i M. Sayfiyev, viloyat boshqarmasi boshlig‘i F. G‘ulomov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Norov boshqarma tarkibiy tarmoqlar rahbarlari hamda bo‘lim inspektorlari ishtirok etdilar.

Qayd etilganidek, o‘tgan 2021 yil davomida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan jami 23 ming 869 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 21930 tasi monitoring, 1939 tasi tekshirishlardan iborat. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 11520 ta huquqbuzarliklar aniqlangan. Shundan 2186 tasi inspeksiya xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 278 ta ishlar yuborilgan bo‘lib, 193 ta Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlarga, 83 tasi qonuniy ko‘rib chiqish uchun prokuraturaga yuborilgan. Mazkur holatlar bo‘yicha 596 mln 279 ming so‘m maʼmuriy jarima qo‘llanildi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 8522 nafar shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berilib, 534 ta holatda taqdimnomalar kiritilgan va 16 ming 92 nafar shaxslarga kelgusida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirishlar berilgan.

Yig‘ilishda o‘tgan yilgi natijalar sarhisob qilinar ekan, erishilgan natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi. 

Tahliliy, tanqidiy ruhda o‘tgan hisobot yig‘ilishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan sohalar inspektorlari faoliyati muhokama etilib, 2022 yilda har bir yo‘nalishda nazorat tadbirlarini sifatli va mukammal tashkil etish, samaradorlikni oshirish lozimligi alohida taʼkidlanib, vazifalar kelishib olindi.

O‘zaro muhokamalarda inspeksiya organi tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida asosiy eʼtibor - tadbirlarning sifati va uning samaradorligiga qaratilishi kerakligi uqtirildi. 

Bu kabi hisobot yig‘ilishlari barcha viloyatlarda o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zagroinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech