Ру Ўз O`z En

Inspeksiyaning tumanlar bo‘limlari jamoasi g‘oliblik uchun bellashdilar

26 Noyabr 2022 1190

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tumanlar bo‘limlari tomonidan   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A.Vaxabovning 2022 yil 18 noyabrdagi I-90-sonli Buyrug‘i ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan ZOOM platformasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96-sonli Qarori, Inspeksiya tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning amalga oshirilishi bo‘yicha 2022 yil uchun “Yo‘l xaritasi” ijrosini taʼminlash, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligini munosib nishonlash va xodimlarning siyosiy-huquqiy hamda sohaviy bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda inspeksiyaning tumanlar bo‘limlarining “Zakovat” guruhi  jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi hakamlar hayʼati tomonidan “Zakovat” onlayn intellektual o‘yinining shaffof va oshkora tarzda o‘tishi taʼminlandi hamda faoliyat muvofiqlashtirib borildi.

Qizg‘in bahs va munozara tarzida o‘tgan bellashuv yakuniga ko‘ra, inspeksiyaning Toyloq tuman bo‘limi jamoasi 1-o‘rinni, Inspeksiyaning Payariq tuman bo‘limi jamoasi 2-o‘rin hamda inspeksiyaning Urgut tumani bo‘limi zakovatchilar jamoasi 3-o‘rinni egallab, inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasining esdalik sovg‘asini olish sharafiga muvofaq bo‘ldilar.

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi

Axborot xizmati

Text to speech