Ру Ўз O`z En

Inspektsiya markaziy apparatida “Stol tennisi” boʼyicha oʼtkazilgan sport musobaqasi gʼoliblari aniqlandi

25 Yanvar 2021 2299

Soʼnggi yillarda Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, davlat tashkiloti tizimlarida xizmat qiladigan xodimlar sogʼligʼini yaxshilash uchun uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Binobarin, bir necha oydirki, davom etib kelayotgan pandemiya davrida yurtimizda karantin tartib-qoidalarining yumshatilgani munosabati bilan nihoyat, qator sport musobaqalariga asta-sekin start berilmoqda.
Jumladan Prezidentning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq joriy yilning 1 yanvaridan barcha davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqtidan soʼng tanlangan kunda futbol, shaxmat-shashka, badminton, suzish, stol tennisi, yugurish va boshqalar boʼyicha musobaqalar oʼtkazilishi yoʼlga qoʼyilishi qayd etilgani, mehnat jamoalarining jismoniy faolligini oshirish, ularni qoʼllab-quvvatlash, sogʼlom turmush tarziga targʼib etishda asosiy oʼrin tutadi.

Mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspektsiyasida ham 2021 yil uchun sport tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, 2021 yilning 11-16 yanvar kunlari “Oʼzagroinspektsiya”ning markaziy apparati xodimlari oʼrtasida sportning stol tennis turi boʼyicha musobaqa tashkil etildi. Eʼtiborlisi, sport musobaqasiga qatnashish istagini Inspektsiyaning har bir xodimi bildirdi.

Mazkur rejaga muvofiq ushbu musobaqada 38 nafar markaziy apparat xodimlari yuqori ishtiyoq bilan ishtirok etdilar. Shuningdek musobaqa kutilganidan ham keskin bahslarga boy oʼtganini alohida taʼkidlab oʼtish mumkin.

Musobaqa natijalariga koʼra, Ishlar boshqarmasidan Jamshid PАNJIEV, faxrli 3-oʼrin. Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy-axborot boʼlimidan Shovkat Xudoyberganov faxrli 2-oʼrin, Ishlar boshqarmasidan Xusniddin Ergashev faxrli 1-oʼrinni egalladi. Gʼoliblarga Inspektsiya rahbariyatining esdalik sovgʼalari va diplomlari topshirildi.
Kelgusida sportning boshqa turlarida bu kabi tadbirlar davom etadi!

 

"O'zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech