Ру Ўз O`z En

Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari avj pallada

3 Mart 2023 1256

Ayni kunlarda Jizzax viloyatida Irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yaʼni kanal va ariqlar hamda kollektor-drenajlarni tozalash, taʼmirlash va tiklash ishlari davom etmoqda. Bu boradagi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Jizzax viloyatida 2022-2023-yillarning kuz va qish oylarida 243 km. uzunlikdagi Xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlarini hamda 1 ming 814 km. uzunlikda ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kunda 336 km.dagi xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlari hamda 1862 km. ichki sug‘orish tarmoqlarida ishlar bajarilgan. Inshoatlarning 333 km. qismi texnika mexanizmlar va 1533 km. qismi esa qo‘l kuchi yordamida tozalangan. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun 34 dona maxsus texnika jalb qilingan.

Melioratsiya tadbirlari davomida 459 km. kollektor va qolgan qismi drenaj tarmoqlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning fevral  oyi holatiga mavsum boshidan buyon  283,1 km. uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida tozalash ishlari yakunlanib, kun davomida o‘rtacha 27.2 km. kollektor-drenajlarda bu boradagi tadbirlar amalga oshirilib  borilmoqda.

-Melioratsiya tadbirlari uchun 26 dona ekskavator va PDT drenaj yuvish agregatlari jalb qilingan, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan mazkur yo‘nalishda aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga 15 taqdimnoma kiritildi,- deydi “O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni va agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i Ixtiyor Dushaboyev - Shuningdek, huquqbuzarlikning erta oldini olish kuzgi-qishki mavsumida belgilangan irrigatsiya va melioratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini lozimligi yuzasidan 131 ta suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga ogohlantiruv xatlari hamda bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.

Mavsumda belgilangan irrigatsiya chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi vegetatsiya davrida suv isrofgarchiligining oldini olibgina qolmay, ichki sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini ham oshiradi. Meliorativ tadbirlar esa sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini kamaytirib, mazkur tadbir o‘tkazilgan maydonlarda zararli tuzlarning drenaj tarmoqlari orqali kollektor tarmoqlariga chiqib ketishiga erishiladi. Bu esa mo‘l hosil garovi, demakdir.

O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyat boshqarmasi 

 

Text to speech