Ру Ўз O`z En

Jizzax viloyatida gʼalla maydonlaridagi haqiqiy ahvol oʼrganildi

22 Yanvar 2021 1845

Viloyatda bugungi kunda 2 ming 685 ta fermer xoʼjaliklari tomonidan 93 ming 500 gektar maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.

“Oʼzagroinspektsiya” markaziy apparati hamda viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari xodimlari bilan birgalikda, fermer xoʼjaliklarida 2021 yil hosili uchun parvarishlanayotgan kuzgi boshoqli don ekinlarining holati oʼrganib chiqildi.

Oʼrganishlar asosan viloyatning Аrnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Doʼstlik, Mirzachoʼl, Zomin, Zarbdor va Sh.Rashidov tumanlarida oʼtkazildi.

Oʼrganishlar davomida 402 ta fermer xoʼjaligida 5 ming 312 gektar maydonda gʼalla unib chiqmaganligi, 1 ming 20 ta fermer xoʼjaligida 17 ming 133 gektar maydonlarda gʼallaning holati “qoloq” ekanligi, 1 ming 460 ta fermer xoʼjaligida 30 ming 955 gektarda ekilgan bugʼdoy bugungacha tuplamaganligi aniqlandi.

Gʼalla parvarishida yuzaga kelgan bu kabi salbiy holatlar oʼz vaqtida bartaraf etilmasa, gʼallachilikda koʼzlangan hosildorlikka erishish imkoniyati yoʼqotilishi mumkin.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida, ishchi guruh aʼzolari tomonidan gʼalla parvarishida xato va kamchiliklarga yoʼl qoʼygan 1 ming 222 ta fermer xoʼjaliklari rahbarlari rasman ogohlantirilib, oʼrganish mobaynida kelgusida bajarilishi lozim boʼlgan muhim agrotexnik tavsiya va koʼrsatmalar berib borildi.

Ishchi guruhi tomonidan kelgusida gʼalla parvarishida oʼtkaziladigan monitoring tadbirlarida ushbu aniqlangan salbiy holatlar bartaraf etilmagan taqdirda, ularga nisabtan qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʼrilishi mumkinligi toʼgʼrisida ogohlantirildilar.

X. Suyarov, “Oʼzagroinspektsiya” Jizzax viloyat boshqarma boshligʼi oʼrinbosari

Text to speech