Ру Ўз O`z En

Joriy yilda 47 ming gektarga sarimsoqpiyoz ekilishi rejalashtirilgan

13 Sentyabr 2022 1100

Respublika aholisini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida yil davomida hududlarda ekilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq ekilishi va ekish uchun sarflanadigan sifatli urug‘liklarni fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa korxonalarga o‘z muddatlarida yetkazib berilishi “O‘zagroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi va uning hududlardagi vertikal tizimi inspektorlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Joriy yil avgust-sentyabr oylarida Respublikamiz bo‘yicha jami 47 ming gektar maydonda sarimsoqpiyoz ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sentyabr oyining shu vaqtiga qadar mavsum boshidan 18,6 ming gektar maydonlarda sifatli ekilishi nazorat qilib borilmoqda.

Ayniqsa, Buxoro viloyatini tahlil qilganimizda jami 2113 gektar maydonlarda sarimsoqpiyoz ekini ekilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga 1054 gektar yoki rejasiga nisbatan 50 foiz maydonlarda ekish ishlari amalga oshirilib, Respublikada yetakchi o‘rinlarda bormoqda.

Shuningdek, viloyatning Shofirkon va Buxoro tumanlarida ushbu ishlar uyushqoqlik bilan tashkil etilgan.

O‘zagroinspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga urug‘liklarni tanlash va yetishtirish agrotexnologiyasini o‘rgatish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, “O‘zagroinspeksiyaning saʼyi -harakati bilan viloyatdagi  fermer xo‘jaliklari tomonidan sarimsoqpiyozni sifatli qilib  ekish ishlarini kechi bilan 25 sentyabriga qadar yakunlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ogohnomalar berildi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi

 

Text to speech