Ру Ўз O`z En

Naslli xisori qo‘ylar Qo‘shrabot yaylovlarida iqlimlashtirilib parvarish qilinmoqda

12 Oktyabr 2020 3730

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4576-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan monitoring-nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 Inspeksiya organlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati klaster korxonalari rahbarlari, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlariga to‘laqonli tushuntirildi.

Qaror asosida mamlakatimizga xorijiy davlatlardan keltiriladigan har bir bosh naslli qoramol uchun mavjud imtiyozlar bois, chorva mollari naslini yaxshilash asnosida sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hususan, viloyatda qo‘ylar naslini yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlardan nasldor qo‘y va echkilarni keltirish yuzasidan tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan Qo‘shrobod tumani dasht hududda joylashgani, yer maydonining asosiy qismi yaylovlardan iboratligi bois, bu yerda  qo‘y va echkichilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega.

Shu maqsadda tumandagi “Kamron Javohir chorvalari” fermer xo‘jaligi tomonidan, Qirg‘iziston Respublikasidan 170 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga 600 bosh xisori qo‘ylar keltirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichiga asosan, tumanga 450 bosh naslli xisori qo‘ylar keltirildi.

-Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, ushbu fermer xo‘jaligi naslchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, 315 gektar yer maydoniga ega. Ayni kunlarda xisori qo‘ylar “O‘zagroinspeksiyasi”ning tuman bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan karantin nazoratiga olinib, zooveterinariya ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tuman hokimligining “Chorvachilikni rivojlantirish” dasturiga ko‘ra, Qirg‘iziston respublikasidan ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan yana 150 bosh, tumandagi ikkita fermer xo‘jaligiga 300 bosh xisori qo‘ylari keltiriladi.

Bundan avval xisori zotli qo‘ylarni mazkur yaylovlarda boqish rayonlashtirilmagan va boqilganda ham to‘liq nazorat kilinmaganligi oqibatida yaxshi samara bermagan. Shu kunga qadar ushbu yaylovlarda asosan Qorakul va Jaydari zotli qo‘ylar quprok parvarish qilingan va yaxshi natija ko‘rsatgan.

Inspeksiya organlari tomonidan, xisori qo‘ylar belgilangan tartibda veterinar nazoratiga olinadi. Kelgusida xisori qo‘ylar sonini ko‘paytirgan xolda aholiga sifatli va arzon go‘sht mahsulotlari yetkazib berish imkoniyati yuzaga keladi, -deydi Inspeksiyaning Qo‘shrobod tuman bo‘limi boshlig‘i G‘iyosiddin Xaliqov.

 

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

axborot xizmati

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech