Ру Ўз O`z En

“O‘zagroinspeksiya”ning Rishton tuman bo‘limi tomonidan 16 nafar fermer xo‘jaliklarining huquqlarini tiklanishi taʼminlandi

25 Yanvar 2023 842

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Rishton tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “Ixtiyor SMIK” nomli fermer xo‘jaligi rahbari M.Axmedova va boshqalarning Inspeksiyaga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Murojaatda 2022 yil paxta hosilini tumandagi “RusO‘zbekteksMCHJ paxta to‘qimachilik klaster korxonasiga shartnoma asosida yetkazib berilganligi va ushbu klaster korxonasi tomonidan paxta xom-ashyosini namlik va ifloslik uchun chegirib tashlangandan keyin ham, quritish va tozalash hamda umumiy tonnadan 0.5 foiz chegirma mablag‘lari ushlab qolinayotganligidan noroziliklari bayon etilib, noqonuniy ushlab qolingan pul mablag‘larini fermer xo‘jaligi hisobiga qaytarib berilishida amaliy yordam so‘ralgan.

Inspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida fermer xo‘jaliklarining «RusO‘zbekteks» MCHJ paxta to‘qimachilik klaster korxonasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan yetkazib berilgan paxta xom-ashyosi miqdori, konditsion vaznini hisoblashda topshirilgan paxtaning namlik va iflosligi bo‘yicha qo‘llanilgan chegirmalar, quritish va tozalash hamda umumiy tonnadan 0.5 foiz chegirma mablag‘lari ushlab qolinganligi bo‘yicha barcha maʼlumotlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijasi bo‘yicha «RusO‘zbekteks» MCHJ paxta to‘qimachilik klaster korxonasi tomonidan “Ixtiyor SMIK” fermer xo‘jaligi va boshqa fermer xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilgan paxta xom-ashyosi va uning uchun hisoblangan chegirma mablag‘lari qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, murojaatdagi «RusO‘zbekteks» MCHJ paxta to‘qimachilik klaster korxonasi tomonidan shu kunga qadar to‘lanmay kelinayotgan 16 ta fermer xo‘jaliklarining urug‘lik chigiti uchun 925.000.000 (to‘qqiz yuzi yigirma besh mln) so‘m miqdordagi pul mablag‘lari “Ixtiyor SMIK” fermer xo‘jaligi va boshqa xo‘jaliklarning hisob-raqamlariga o‘tkazib berilishi taʼminlandi.

 “O‘zagroinspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarining o‘tkazilishi davom ettirilmoqda        

 "O‘zagroinspeksiya" Rishton tumani bo‘limi

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech