Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi texnikalari jarimaga tortildi

26 Iyun 2020 3095

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Buxoro viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan joylarda Inspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi hujjat PQ-4241-son qarorining ijrosi bajarilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur Qarorga asosan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Vobkent tumanida olib borilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan DT-75  traktorni texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda, transport vositasining yoritgich chiroqlari yaroqsiz holga kelganligiga qaramasdan boshqarib kelganligi aniqlanib, inspektorlar tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va unga nisbatan MJtK ning tegishli moddalariga asosan 74 ming 333 so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Xuddi shuningdek, Buxoro tumanida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro Sh.J. ga tegishli bo‘lgan 1982 yilda ishlab chiqarilgan DT-75 rusumli va fuqaro K.T.ga tegishli bo‘lgan YuMZ-6 l rusumli traktorlarni texnika xafvsizligi qoidalariga zid ravishda, transport vositasining yoritgich chiroqlari ishsiz holga kelganligiga qaramasdan boshqarib kelganliklari aniqlandi. Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan 148  ming 666 so‘m miqdorda jarima jazosi tayinlandi.  

Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan Kogon tumanida olib borilgan tadbir davomida, fuqaro F.I.  o‘ziga tegishli bo‘lgan 1994 yilda ishlab chiqarilgan T-28-rusumli traktorni belgilangan tartibda ro‘yxatdan hamda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmasdan boshqarib kelganligi aniqlanib, inspektorlar tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va F.I.ga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan 223 ming so‘m jarima jazosi qo‘llanildi. 

 

“O‘zagroinspeksiya” Buxoro  viloyat boshqarmasi

Text to speech