Ру Ўз O`z En

“Rahbar kubogi - 2021” musobaqasiga eng yaxshi o‘yinchilar saralab olinmoqda

12 Aprel 2021 1497

Murosasiz va qiziqarli bellashuvlarga boy tarzida o‘tishi kutilayotgan sport tadbirida Jizzax viloyati jamoasi ham ishtirok etadi.

Sh.Rashidov tumanining Uchtepa dahasida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari orasidan iqtidorli o‘yinchilarni tanlab olish uchun mini – futbol saralash musobaqasi tashkil etildi. Yashil qoplamali maydonchada kechgan yig‘inda xodimlar to‘rt jamoaga bo‘lingan holda bahslarni olib borishdi.   

Nihoyat, har tomonlama o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi 6 nafar o‘yinchi saralab olindi. Endilikda ular Respublikada Inspeksiyaning Jizzax  viloyat boshqarmasi  shaʼnini himoya qiladi. Biz esa vakillarimizga omad tilab, musobaqaning yuqori shoxsupasidan joy olishlariga umid bildirib qolamiz.

 

“O‘zagroinspeksiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi

Axborot xizmati

Text to speech