Ру Ўз O`z En

Samarqandda 2021 yil paxta hosili uchun 962 dona chigit ekish seyalkalari jalb qilingan

14 Aprel 2021 2420

Mirishkor dehqonlarmiz tomonidan bahorning bir kuni yilni boqadi deb bejiz aytilmagan. Buni yaxshi anglagan bobodehqonlar 2021 yil hosili uchun chigit ekish mavsumini qisqa muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan uyushqoqlik bilan mehnat qilishmoqda.

Joriy yilda viloyatda 2021 yil paxta hosili uchun 75356 gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ekish ishlariga 962 dona chigit ekish seyalkalari jalb qilingan va shundan 199 donasi yuqori unumli seyalkalardir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 martdagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli qaroriga asosan, viloyatning tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan g‘o‘zaning “Sulton”, “Buxoro-102”,“Omad”, "S-8286" va “Adolat” navlari ekilishi belgilangan.

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda chigit ekish ishlari doimiy nazoratga olib borilmoqda.

Jumladan, joylarda chigit ekish uchun talab etiladigan 4980 tonna urug‘lik chigitning o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanib yetkazilishi hamda 150 kg/ga fosforli va 50 kg/ga kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan chigit ekish ishlarini amalga oshirilishi qattiq nazoratga olindi va ushbu tadbirlarni to‘liq amalga oshirilishiga erishilmoqda

Shu bilan birga, hududlarda chigit ekish ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jalik texnikalariga yonilg‘i moylash materiallarining tizimli asosda yetkazib berilishi va dalalarda mexanizator hamda muhandis texnik xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, shuningdek ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari tomonidan sifatli servis xizmati ko‘rsatilishi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olinishi natijasida Pastdarg‘om tumanida 201 dona, Payariqda 165 dona, Narpayda 130 dona, Paxtachi tumanida 125 dona, Kattaqo‘rg‘on tumanida 115 dona, Oqdaryo tumanida 65 dona chigit ekish seyalkalarini to‘xtovsiz ishlashi taʼminlanmoqda.

 

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi

Axborot xizmati

 

Text to speech