Ру Ўз O`z En

Tadbirkorlar huquqlari buzilishiga oid ayrim huquqbuzarliklar Biznes-ombudsman tomonidan ko‘rib chiqiladi

12 Yanvar 2022 1608

“O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–744-son, 11.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Vakil) va uning devoni xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (tadbirkorlar murojaatlari qismida) (43-modda);

  • yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish (tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida) (200-2-modda);

  • hususiy mulk huquqini buzish (241-1-modda);

  • tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish (241-2-modda);

  • tadbirkorlar faoliyatini va (yoki) ularning bank operatsiyalarini qonunga xilof to‘xtatib turish (241-3-modda);

  • tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (241-4-modda);

  • imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish (241-6-modda);

  • tadbirkorlar hisobvaraqlarida pullari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof talab qilib olish (241-8-modda);

  • tadbirkorlardan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish (241-10-modda).

Mazkur Qonun qabul qilingungacha ushbu huquqbuzarliklar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Vakil nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va Vakil devoni bosh inspektorlari haqli.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

@huquqiy_axborot

Text to speech