Ру Ўз O`z En

Xarid qilinayotgan boshoqli don sifati nazoratda!

24 Iyun 2020 2509

Shu kunlarda yurtimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in va uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Zahmatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish esa muhim vazifa sanaladi. Joriy yil g‘alla hosilidan Respublika bo‘yicha 21 iyun holatiga davlat ehtiyojlariga fizik vaznda 2 037,8 ming tonna, shundan 1 990,2 ming tonna bug‘doy va 47,6 ming tonna arpa doni qabul qilindi.

Qabul qilingan bug‘doyning 1 903,7 ming tonnasi (95,7 foizi) 3-sinfga, 45,2 ming tonnasi (2,3 foizi) 4-sinfga, qolgan 41,3 ming tonnasi (2,1 foizi) 5-sinfga qabul qilingan.

Qabul qilingan donlarning  o‘rtacha namligi 13,15 %, iflosligi  3,05 %, don aralashmasi 5,78  % ni, natura og‘irligi  esa 748 gr/lni va kleykovina miqdori 23 foizni tashkil qilmoqda.

Don korxonalari tomonidan qabul qilingan bug‘doy uchun 4 149,0 tonna ustama va  27 952,0 tonna chegirmalar hisoblangan.

Qabul qilinayotgan donning sifatini kunlik tahlil qilib borish va donning sifati bo‘yicha yuzaga keladigan nizoli masalalarni joyida hal etish uchun Inspeksiyaning markaziy apparatida, hududiy boshqarmalar va tumanlarda “Ishchi guruhlari” tashkil qilingan.

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati qayta tahlil qilinganda, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini noto‘g‘ri aniqlash hisobiga fermer xo‘jaliklariga jami 47 mln. 89 ming so‘m kam ayrimlariga  9 mln. 340 ming so‘m ko‘p to‘langanligi aniqlanib, xo‘jaliklar bilan qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va ijrosi ta’minlandi.

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan boshoqli donning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘ri tahlil qilinishi Inspeksiya mutaxassislari tomonidan kunlik nazoratga olingan.

Don topshiruvchilar va qabul qiluvchi korxonalar o‘rtasida donning sifati bo‘yicha yuzaga kelayotgan nizoli masalalar joyida hal etilmoqda.

 

K.Axmedov,

Don, urug‘lar va ulardan olingan

mahsulotlardan foydalanishni 

nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech