Ру Ўз O`z En

Xorazm: kelgusidagi vazifalar belgilandi

10 Yanvar 2022 1190

Xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarma va bo‘limlarida 2021 yil davomida bajarilgan ishlarning tahlili, inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining holati va joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi va tumanlarda respublika ishchi guruhi aʼzosi N. Ismailov ishtirokda 2021 yildagi faoliyati tahlil etildi. Inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning yanvar-dekabr oylarida jami 12361 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan (1109 ta tekshirish, 11252 ta monitoring). O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 6545 ta qonunbuzilishlar aniqlangan, 7427 ta ogohlantirish xatlari kiritilgan, 6010 ta taʼsir choralari qo‘llanilib, 1416 ta maʼmuriy qarorlar rasmiylashtirilgan, shundan 535 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritilgan. 4864 ta yozma ko‘rsatma va 264 ta taqdimnomalar, 882 ta holatda jarimalar, 281 ta holatda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan.

Yig‘ilishda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tarkibiy tarmoqlari va tumanlar bo‘limlari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejaga kiritilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.  

«O‘zagroinspeksiya»ning Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati   

    

Text to speech