Ру Ўз O`z En

Yangi g‘o‘za navlari sinovi Inspeksiya nazoratida 

25 Noyabr 2022 1659

“O‘zagroinspeksiya” foliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Inspeksiyaga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini ustidan nazorat yuritish belgilangan.

Inspeksiya markaziy apparatining 2022 yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq,  Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga qarashli nav sinash uchastkalari va stansiyalarida Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” ga rioya qilinishi, yangi g‘o‘za navlarini sinash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish belgilangan.

Shunga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga qarashli 36 ta nav sinash stansiyalarida g‘o‘za navlari sinovi o‘tkazilishi tahlillar asosida o‘rganildi.

Ushbu markaz tomonidan 2022 yil 2 fevralda tasdiqlangan “2022 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarining konkurs va kengaytirilgan sinovlarini joylashtirish bo‘yicha reja dastur taqsimotnomasi”da 93 ta, shundan 16 ta istiqbolli, 9 ta ingichka tolali va 68 ta o‘rta tolali yangi g‘o‘za navlarini sinovdan o‘tkazish belgilangan.

O‘rganishlar jarayonida jami 114 ta, shundan 7 ta istiqbolli, 12 ta ingichka tolali 95 ta o‘rta tolali (shundan 12 tasi ertapishar) yangi g‘o‘za navlari sinovlardan o‘tkazilganligi aniqlandi.

Turli tuproq iqlim sharoitida navlarni sinash natijalari asosida yangi yaratilgan g‘o‘za navlarining hududlar iqlim sharoitiga mosligi, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha har bir hududning asosiy maydonlarida ekib kelinayotgan andoza navlardan har tomonlama ustunligi o‘rganilib, har bir hudud kesimida avval istiqbolliligi, keyinchalik rayonlashtirilishi belgilanadi.

Hozirda Markazga qarashli laboratoriyada sinovdan o‘tkazilgan navlarning xo‘jalik belgilarini tahlil qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Markaz tizimidagi stansiyalarda g‘o‘za navlarini sinash ishlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berib borildi. Xususan, 36 ta nav sinash stansiya va uchastkalarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, buning natijasida 40 ta taʼsir choralari, shundan 4 ta ogohlantiruv, 33 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma, 1 ta taqdimnoma va 2 ta holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga kiritildi.

Sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

N.Ismailov – Inspeksiyaning Urug‘lik paxta xomashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

M.Kurbanbayev- Inspeksiyaning Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech