Ру Ўз O`z En

YERDАN SАMАRАSIZ FOYDАLАNGАNLАRGА QАRIYB 34 MILLION SOʼM JАRIMА QOʼLLАNILDI

20 Noyabr 2020 1682

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspektsiyasi Navoiy viloyat boshqarmasi hamda tuman boʼlimlari tomonidan qishloq xoʼjaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, qonunchilik talablariga soʼzsiz rioya etilishi hamda yerdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularni kelib chiqish sabablari hamda shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan monitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvarь-oktyabrь oyida qishloq xoʼjaligi yerlaridan oqilona foydalanish borasida 472 ta nazorat tadbirlari oʼtkazilib, oʼrganilgan 5 ming 690,4 gektar maydonning 3 ming 464,8 gektarida 384 ta holatda qonunbuzilishi holatlari mavjudligi qayd etildi. Xususan, 129 ta holatda 478,6 gektar maydonlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallash, noqonuniy uy-joy va boshqa qurilishlar qurib olish, 220 ta 2373 gektar maydonlarda yerlardan xoʼjasizlarcha foydalanish, ularni yaroqsiz holga tushirish, 35 ta 613,08 gektar maydonda xoʼjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʼzboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzilganligi kabi holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari koʼrildi.- Har bir qonunbuzilish holatiga nisbatan oʼz vaqtida chora qoʼllanilmoqda, -deydi “Oʼzagroinspektsiya” viloyat boshqarmasi katta inspektori Ulugʼbek Kenjaev. – Jumladan, aniqlangan holatlar boʼyicha tuman hokimliklariga va boshqa tashkilotlarga 132 ta taqdimnoma kiritildi. - 250 ta maʼmuriy qaror qabul qilinib, 33 million 562 ming soʼm jarima qoʼllanilishi belgilandi. Bundan tashqari 8 ta toʼplangan materiallar prokuratura organlariga yuborilishi, Vazirlar Mahkamasining 146-sonli qaroriga binoan 21 ta holatda yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib sudlarga daʼvo arizalari kiritilishi hamda huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 243 ta yerdan foydalanuvchilari va ijarachilariga rasman ogohlantirishlar berilishi taʼminlandi.Olib borilayotgan nazorat tadbirlariga qaramay, qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan noqonuniy foydalanish holatlari uchrab turibdi. Birgina oktyabrь oyining oʼzida Inspektsiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan 57 ta nazorat tadbirlari oʼtkazilib, 26 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bunda asosan yerdan samarasiz xoʼjasizlarcha foydalanish, boshoqli don ekish ishlarini kechiktirish kabi holatlar kuzatilib, ularga nisbatan tegishli choralar koʼrildi.Viloyat boshqarmasi hamda tuman boʼlimlari tomonidan mazkur nazorat tadbirlari davom etmoqda.


“Oʼzagroinspektsiya” Navoiy viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Text to speech