Ру Ўз O`z En

Ma'muriy ta'sir choralari

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi organlari

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xoʼjaligi yerlari bilan bogʼliq qismi), 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sunʼiy suv inshootlari va qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xoʼjaligiga oid qismi), 92-moddasida (naslchilikka oid qismi), 1041, 1042-moddalarida, 107-moddasida (qishloq xoʼjaligiga oid qismi), 112-moddasida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl qurilishi texnikasiga oid qismi), 1761-moddasida (qishloq va suv xoʼjaligiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq va suv xoʼjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni koʼrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʼllashga Inspektsiya boshligʼi va uning oʼrinbosarlari, Inspektsiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspektsiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʼlimlarining boshliqlari va boshliq oʼrinbosarlari haqlidir.
(2457-modda Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 12 noyabrdagi OʼRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019 y., 03/19/583/4016-son)
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech