Ру Ўз O`z En

Inspeksiya haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi.

Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

a) qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi

b) paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lariga davlat tomonidan buyurtma berish, urug‘ tayyorlash va uni qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi

v) davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi

g) paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi

d) qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi

e) qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi

yo) sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi

j) idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi

z) qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish

i) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili va ularning urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvini o‘tkazish

y) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

a) qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi;

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda sohani rivojlantirishga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib joylashtirilishi hamda ekilishi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mahsulot yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi ustidan;

qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilish, saqlash va sotish ustidan.

Inspeksiya agrosanoat majmui sohasida qonun hujjatlari ijrosini muntazam tahlil qilib boradi, tahlil natijalari bo‘yicha sohadagi qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi

b) paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lariga davlat tomonidan buyurtma berish, urug‘ tayyorlash va uni qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

fermer xo‘jaliklari, klastyerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq maydonlarda ekilishi va yalpi hosil yetishtirilishi ustidan;

qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini ustidan;

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestrining yuritilishi ustidan;

paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lari sifati ustidan;

urug‘chilik sohasiga jahon yutuqlarini tatbiq etish, urug‘lar sifatini jahon standartlari asosida aniqlash va sertifikatlashtirish ustidan;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan miqdorda rayonlashtiriilgan navlar bo‘yicha joylashtirish va navli urug‘larni tayyorlash ko‘rsatkichlarini bajarilishi ustidan.

Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urug‘lari sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularni takomillashtirish hamda urug‘lik yetishtirish va uning sifatini aniqlash bo‘yicha davlat standartlari, metodikalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqishda ishtirok etadi

v) davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi sohasida quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish va ularning maqsadli realizatsiya qilinishi ustidan;

davlat buyurtmasiga mos hajmlarda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish mexanizmi, o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini hamda xizmatlar va moddiy-texnik resurslar bilan to‘liq ta’minlanishi ustidan;

eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, paxta xomashyosi, boshoqli don hosili va undan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resursi va davlat zaxirasi hajmlari hamda balans ko‘rsatkichlari hajmlari bo‘yicha takliflar shakllantirilganligi ustidan

g) paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligini kamaytirilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

paxta tayyorlash punktlari, don qabul qilish va qayta ishlash korxonalari tomonidan paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari hosili va ularning urug‘larini davlat resursiga qabul qilinishi va qayta ishlanishi va sifatli saqlanishi hamda realizatsiya qilinishi ustidan;

yetishtirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi, davlat resursi va davlat zaxirasiga topshirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha ishonchli hisobotlar yuritilishi hamda tabiiy kamayish hisobiga yetkaziladigan zararlarni belgilangan tartib asosida hisobdan chiqarish ustidan;

paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni qabul qiluvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik holati yuzasidan;

nobudgarchilik bo‘yicha belgilangan normalarining to‘g‘ri va asosli qo‘llanilishi, paxta tayyorlash punktlari hamda don qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonlarga va mahsulotning chiqish normalariga hamda sifatiga rioya etilishi yuzasidan.

Inspeksiya davlat resursiga qabul qilingan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati yomonlashishi, nobud bo‘lishi holatlari va sabablarini o‘rganadi, zarur hollarda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

boshoqli don va undan qayta ishlangan mahsulotlarning yakunlangan partiyalari yuzasidan tozalash dalolatnomalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar doirasida tekshirish qoidalarini, sifat sertifikatlari shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, nazorat sinovlarini o‘tkazadi hamda mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblangan xulosalar beradi

d) qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, urug‘chilik xo‘jaliklarini aniqlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini joylashtirish, yangi navlarni rayonlashtirilishi va navdor urug‘lar tayyorlash ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan;

yuqori sifatli elita, birinchi va keyingi avlodli urug‘lar yetishtirilishi, urug‘larning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va yo‘riqnomalar talablariga rioya qilgan holda tejab sarflanishi ustidan;

urug‘lik uchun ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish ustidan;

paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash, ulardan foydalanish, jumladan, eksport va import qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish ustidan;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish ustidan;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan;

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, tayyorlash va saqlashda kimyoviy preparatlarning samarali qo‘llanilishi ustidan;

urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larga ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, shuningdek, sohaga nou-xaularni joriy etish ustidan;

urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borish, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yordam berilishi ustidan;

akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlashtirish hamda urug‘ va ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan;

ekin turlari bo‘yicha urug‘lar arxivining tarkibi hamda urug‘lar arxivini yuritish ustidan.

Inspeksiya urug‘liklarni qonun hujjatlarini buzgan holda yetishtirishni, saqlashni, realizatsiya qilishni to‘xtatib qo‘yadi yoki taqiqlaydi;

muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya sertifikati yoki karantin ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan urug‘liklar turkumlarining tashilishini taqiqlaydi;

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ishlab chiqarish va sifatini aniqlashdagi davlat standartlari, metodikalari va yo‘riqnomalarini tayyorlashda qatnashadi

e) qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi sohasida quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni fermer, dehqon xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi, bunda mas’ul shaxslar tomonidan xizmat mavqeyi suiiste’mol qilinishiga, qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridan foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan;

yerlardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanish, sug‘oriladigan ekin maydonlarini muomaladan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerlardan samarali foydalanishi, tuproq unumdorligi saqlanishi va oshirilishi ta’minlanishi, shuningdek, ushbu maqsadda qabul qilingan dasturlarining bajarilishi ustidan;

foydali qazilmalar konlarini kavlash, qurilish va boshqa yer ishlarini amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish bo‘yicha vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi ustidan;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda tuproq sifatini aniqlash (bonitirovka) natijalarini, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilishni, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi va davlat yer kadastrini yuritish qoidalariga rioya qilinishi ustidan;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarni normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi, saqlanishi, realizatsiya qilinishi va maqsadli qo‘llanilishi ustidan;

o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qishloq xo‘jaligi yerlarining holati va ulardan foydalanish ustidan;

erdan maqsadsiz foydalanilishi, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, ularning hosildorligi pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan boshqa harakatlarning sodir etilishi, shuningdek, tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibi buzilishi ustidan.

Inspeksiya fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar bilan birgalikda yer munosabatlarini tartibga solish hamda yerlardan nooqilona foydalanilishining o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni muntazam tashkil etadi, targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradi.

  1. yo) sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha belgilangan tartibga suv xo‘jaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan qat’iy rioya etilishi ustidan;

suv xo‘jaligi obyektlaridan suv olish limitlarini (vegetatsiya va novegitatsiya davri uchun) tasdiqlanganligi, ularga rioya qilinishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga amal qilinishi ustidan;

suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan dastlabki suv miqdorining hisobi to‘g‘ri va aniq yuritilishi ustidan;

hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini tasdiqlangan suv olish limitlari bo‘yicha suv resurslari bilan ta’minlanishi, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari ko‘rilishi ustidan;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlarining samarali ishlatilishi yuzasidan;

suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste’molchilar javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ustidan;

sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), sun’iy suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar va boshqalar)dan olinadigan suvlardan foydalanish ustidan;

suv va suv xo‘jaligi obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnik va boshqa ishlarning qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishi ustidan;

davlat suv kadastrini qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishi ustidan;

suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi ustidan;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish va monitoringlar doirasida irrigatsiya obyektlari va gidrotexnik inshootlari qurish hamda rekonstruksiya qilishda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan.j) idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi:

naslchilik korxonalari va xo‘jaliklari tomonidan yetkazib beriladigan nasldor hayvonlar sifat (nasl) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi yuzasidan;

nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ular urug‘larini eksport va import qilish ustidan;

chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarning yuritilishi ustidan;

mulkchilik shaklidan qat’iy nazar chorvachilikda naslchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyati ustidan;

qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirilishi ustidan;

naslchilik xo‘jaliklaridagi nasldor chorva hayvonlari hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi va turi bo‘yicha sifatli baholanishi hamda ular ishonchli ro‘yxatga olinishi ustidan;

chorvachilikda naslchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarga yer maydonlari ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari ustidan;

naslli mahsulot (material)ni ishlab chiqarish va uning texnologik jarayonlari tashkil etilishi ustidan

z) Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining quyidagi faoliyatini amalga oshirilishi ustidan:

idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shakllaridan qat’i nazar traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining hisobini yuritilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, davlat raqami belgisi, texnik pasport va texnik guvohnoma berish;

traktorchi-mashinist guvohnomasini va ogohlantirish talonlarini berish uchun imtihonlar o‘tkazish;

mashina-traktor parklarini yangilash bo‘yicha davlat dasturlari ijro etilishini, ekspluatatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasining modernizatsiya qilinishini va yangi namunalari ishlab chiqilishini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarini tejovchi zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqish va joriy etish;

qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasini, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi;

mashinasozlik va ta’mirlash korxonalarida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasini, uskunalarni va ehtiyot qismlarni yuklashdan oldin ularning sifat ko‘rsatkichlari tekshirilishi;

traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi davlat sinovlaridan o‘tkazilganligi va ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi ustidan nazorat qiladi.

Inspeksiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganib boradi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi

i) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili va ularning urug‘lari hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi;

paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati ustidan majburiy davlat tekshiruvi;

eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda ularning urug‘lari, shuningdek ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni sifatli saqlanishi ustidan

y) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda quyidagilarni nazoratni amalga oshiradi;

inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish;

qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish va ularni qo‘riqlash, suv resurslari isrofgarchiligi, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlash, gidrotexnika, melioratsiya inshootlari hamda qishloq xo‘jaligi texnikasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlarini aniqlash;

normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;

sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, Inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llash;

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qo‘llash;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qilish, ularning hisobini olib borish hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish.

Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech