Ру Ўз O`z En

Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari

Bugungi kunda dunyoda paxta tolasini klassifikatsiya qilish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda 4 ta maktab mavjud: AQSHda (Memfis), Germaniyada (Bremen), Polshada (Gdinya) va O‘zbekistonda (Toshkent.

"Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" DUKda Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari Markaz Ustavi va KMO 0301-sonli litsenziya bo‘yicha o‘z faoliyatini yuritadi. 

licenz.jpg

Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari maqsadi va vazifalari

- Mahsulotlarni klassifikatsiyalash va marketing yo‘nalishi hamda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texniklarini boshqarish huquqini berish, servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agrosanoat majmui sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirilishini taʼminlash; 

- Markaz mutaxassislarini sohasiga karab, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yo‘nalishida, muvofiqlikni baholash bo‘yicha xalqaro standartlar talablarini bilishi, halqaro tashkilotlarda malaka oshirishi va amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish;

- Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilim va kasbiy mahoratini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, markaz xodimlarining tegishli yunalishlar va sohalar bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishlariga keng imkoniyatlar yaratib berish.

  Kurslarda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash aʼzolarini, shuningdek, shartnoma asosida respublikamizning boshqa oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali pedagog kadrlarini va xorijiy mutaxassislarni, xodimlar va amaliyotchi mutahassislarni jalb etiladi.

O‘quv kurslar yo‘nalishlari:

-  Paxta tolasini klassifikatsiyasi, sertifikatlashtirish va marketingi;

-  Oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish va inspeksion nazoratni o‘tkazish.

O‘quv kurslar yo‘nalishlari o‘quv rejalari (havola orqali yuklab olishingiz mumkin):

-  Paxta tolasini klassifikatsiyasi, sertifikatlashtirish va marketingi;

-  Oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish va inspeksion nazoratni o‘tkazish.

 

Maʼlumotlar uchun telefon:  998 (99) 897-63-63, 998 (90) 371-88-98, elektron манзил: courses@agroxizmat.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech