Ру Ўз O`z En

Ko‘p beriladigan savollar va javoblar

Javob: Xorijdan kartoshka urug‘ligini olib kelishdan oldin, fermer o‘zi tanlagan davlatdan olib kelinadigan kartoshka urug‘ligining navini O‘zbekistonda ekishga ruxsat beriladigan davlat reyestriga kirtilgan-kiritlmaganligini o‘rganishi kerak. Keyingina urug‘likka yaroqliligi va O‘zbekistonda taʼqiqlangan karantin obyektlarining yo‘qligi bo‘yicha sertifikati mavjud bo‘lsagina urug‘likni import qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Javob:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 6 maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4704-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan Respublikaning 23 ta tumanida kartoshkaning yuqori avlodli super elita va elita urug‘liklarini yetishtirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan.

Qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi natijasida 2021 yilda 3 ming gektar maydonlarda joriy yil hosili yetishtirish uchun urug‘lik kartoshkalar ekilib, bugungi kunda ekilgan maydonlarda aprobatsiya ishlari nazorat qilib borilmoqda.

Buning natijasida, ushbu kartoshka ekilgan maydonlardan 39,4 ming  tonna yuqori avlodli urug‘lik kartoshka jamg‘arish rejalashtirilgan.

Javob: Agar  fermer xo‘jaligi yer maydonida kartoshkaning yuqori avlodli urug‘ligini muvofiqlik sertifikati asosida ekib, urug‘lik yetishtirish talabi bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazib, belgilangan tartibda tegishli tuman aprobatorlari tomonidan aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazilib urug‘lik kartoshka yaroqli deb topgan bo‘lsagina uni urug‘lik sifatida realizatsiya qilish mumkin bo‘ladi. Aks holda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning  1042-2-qismi bilan javobgarlikka tortilishga asos bo‘lshi mumkin.

(Asos: 2019 yil 16 fevraldagi Urug‘chilik to‘g‘risidagi   521-sonli Qonunining 26-moddasi, VMning 2021 yil  15 martdagi 135-sonli qarori)

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 iyuldagi 458-sonli qaroriga ko‘ra, mahalliy sharoitda yurtimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlarining In-vitro laboratoriyalarida  yetishtirilgan ko‘chatlardan harid qilingandagina davlat tomonidan subsidiya ajratish belgilab berilgan. Lekin xorijdan keltirilgan urug‘liklarga subʼsidiya ajratilishi ko‘zda tutilmagan.

Javob: Traktorchi mashinist guvohnomasini olish uchun talabgor  “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Davlat yoki nodavlat o‘quv muassasalarida bilim olgan yoki malakasini oshirgandan so‘ng, Inspeksiyaning tuman (shahar) bo‘limlarida imtihon topshirgandan keyin beriladi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 139-moddasi 1-qismi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan texnika egasining ism sharifi, yashash manzili hamda yuridik shaxs nomi o‘zgarganda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari qayta ro‘yxatga olinadi.

Savol: Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va “texpasport” larni yangilariga o‘zgartirish muddati haqida batafsil maʼlumot bersangiz?

 Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi  325-sonli  qarorning  2 bandiga asosan:

2021 yil 1 yanvardan  2022 yil 31 dekabrgacha  eski namunadagi barcha texnik pasport va texnik guvohnoma, traktorchi-mashinist guvohnomasi, ularning berilgan sanasidan qatʼiy nazar, yangi namunadagi ID plastik kartalarga majburiy tartibda almashtiriladi;

eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023 yil                      1 yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Javob:   “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM”ga ko‘ra,  Yangi xarid qilingan, ro‘yxatdan chiqarilgan texnikalar 10 ish kuni davomida ro‘yxatga qo‘yilishi shart.  Ro‘yxatga qo‘yishning muddatini buzgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda jarima undiriladi.

JAVOB: Har yili mahalliy sharoitda yetishtirilgan sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari urug‘liklarini ekish mavsumidan oldin “O‘zagroinspeksiya”ning xududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan urug‘chilikni nazorat qilish mutaxassislari tomonidan urug‘liklarning muvofiqlik sertifikati mavjud ekanligi o‘rganiladi va sertifikati mavjud bo‘lmagan urug‘liklarni sertifikatlashtirish bo‘yicha tushintirishlar berilib, sertifikatlashtiruvchi tashkilotlarga urug‘liklardan namunalar olinib, tez muddatda laboratoriya tahlillarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berib boriladi

JAVOB: Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekishdan oldin “O‘zagroinspeksiyaning xududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan urug‘chilikni nazorat qilish mutaxassislari tomonidan Respublikaning qaysi hududlariga ekish uchun davlat reyestriga kiritilganligi o‘rganiladi va davlat reyestriga kiritilmagan urug‘liklarni ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holat yuz bersa MJTKning 1041-moddasiga asosan maʼmuriy chora ko‘rishga olib keladi.

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan NIZOMlarga asosan Respublika xududlarida kelgusi yil hosili uchun urug‘lik maqsadlarida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekinboplik va genetik sofligini aniqlash bo‘yicha har bir ekin turining davriyligidan kelib chiqib, joylarda dala aprobatsiya ko‘riklarini to‘g‘ri o‘tkazilganligi “O‘zagroinspeksiyaning xududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan urug‘chilikni nazorat qilish mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi va urug‘lik uchun yaroqsiz deb topilgan maydonlardan jamg‘arilgan urug‘liklar urug‘lik maqsadida foydalanilishida yo‘l qo‘yilmasligi taʼminlanadi.

JAVOB: Respublika xududlarida yetishtirilgan mevali daraxtlar  va tok ko‘chatlarini GOST talabiga rioya qilingan holda yetishtirish, ko‘chatzorlarda dala aprobatsiyasini o‘tkazish, ko‘chatlarga nav muallifi tomonidan nav guvohnomasi berilishi yoki  kasalliklar bilan kasallanmaganligi to‘g‘risida fitosanitar ruxsatnoma va muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilish  jarayonlari to‘liq “O‘zagroinspeksiyaning xududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan urug‘chilikni nazorat qilish mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

 

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq:

Jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi O‘zagroinspeksiyaning hududiy bo‘limlariga murojaat qiladilar.

Izoh: Yuridik shaxslarning texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik manzili bo‘yicha amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning texnikalari ularning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Texnikaga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi. Bunga quyidagilar kiradi:

merosga bo‘lgan huquq yoki mulkiy huquqlar to‘g‘risida notarius tomonidan berilgan guvohnoma;

vasiyatnoma;

sudning qarori;

notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar);

ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkiloti (texnikani ishlab chiqaruvchi korxona, uning vakili yoki vositachi tashkiloti) tomonidan beriladigan shartnoma va hisob-maʼlumotnoma;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlarining davlat ijrochilari hududiy boshqarmalarining davlat ijrochilari hamda auksion o‘tkazish vakolatiga ega boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan auksionlarda texnikalarga ega bo‘lishni tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;

yuqori turuvchi davlat organining texnikani bir tizim ichida tekinga berish to‘g‘risidagi qarori (buyrug‘i, farmoyishi);

yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organining yuridik shaxsning ustav jamg‘armasiga texnikani kiritish to‘g‘risida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (taʼsischi, aʼzo) yuridik shaxsning texnikani dividend sifatida to‘lash to‘g‘risidagi qarori (ishtirokchilar, taʼsischilar, aʼzolar) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi yoki yagona ishtirokchining qarori);

davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

shaxsning texnikani ommaviy o‘yinda (lotereyada) yutganligini tasdiqlovchi hujjat;

davlat organining texnikani mukofot (hadya) sifatida taqdim etganligi to‘g‘risidagi qarorining nusxasi.

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda “O‘zagroinspeksiya” hamkorlikda 2023-yilga mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari holati va ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi ustidan nazoratni tashkil etish” bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shma tadbirlar rejasiga asosan har haftaning payshanba kuni Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasining hududiy inspektorlari ishtirokida muntazam ravishda Qo‘shma Reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2457-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organlarining inspektorlari tomonidan  qonunbuzar mansabdor shaxslarga MJTKning 139 va140 moddalari bo‘yicha traktorchi-mashinistlarga MJTKning 112, 135 141-moddalariga asosan maʼmuriy choralar qo‘llaniladi.

JAVOB: Asosiy almashlab ekish turlaridan foydalaniladi. Almashlab ekishning foydaligi: Ekinlarni  almashlab  ekishda  (paxta+g‘alla+dukkakli ekinlar) qishloq xo‘jaligi ekinlarini hosildorligini oshiradi, begona o‘tlar yo‘qotadi, xashoratlardan kuchli zararlanishini  hamda kasaliklarni oldi oladi va maxsulot sifati  yaxshilanadi.

1) Normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

2) Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;

3) sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

4) Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, Inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va maʼmuriy jazolarni qo‘llash;

5) Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qo‘llash;

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga asosan - qo‘ychilik va echkichilikda - mustahkam konstitutsiyali, O‘zbekiston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitlarida urchitish uchun mos keladigan yoshi 6 oylikdan kam bo‘lmagan nasldor qo‘y va echkilar tanlanadi:

nasldor qo‘chqorlar va takalarning yoshi 18 oygacha bo‘lishi, podani to‘ldiruvchi yosh nasldor qo‘chqorlar va takalarning yoshi 6 oylikdan

12 oylikgacha bo‘lishi hamda O‘zbekiston Respublikasida urchitiladigan zotlarga mos kelishi zarur.

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 461-moddasiga asosan - bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o‘lchamlari belgilangan.

Xususan, bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) - sug‘oriladigan yerlardan - kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan - kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan - kamida 2 gektarni tashkil etadi.

JAVOB: Siz o‘z xududingizda qishloq xo‘jaligi ekinlari yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashgan elita rug‘chilik xo‘jaliklari yoki Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining viloyat filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

JAVOB: Siz o‘z xo‘jaligingizda yetishtirgan tok ko‘chatlarini belgilangan tartibda xorijga eksport qilishingiz uchun dala aprobatsiya ko‘rigi dalolatnomasi, ko‘chatlarga nav muallifi tomonidan nav guvohnomasi,  kasalliklar bilan kasallanmaganligi to‘g‘risidagi fitosanitar va muvofiqlik sertifikati talab etiladi. Eksport qilish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech