Ру Ўз O`z En

12 ming 942 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvning isrof bo‘lishi oldi olindi

8 Sentyabr 2022 970

Bu haqda AOKAda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilindi

Bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv isrof bo‘lishini erta oldini olish, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadbirkorlik subyektlarida profilaktika va amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi inspektorlar tomonidan shu yilning o‘zida joylarda 16 ming 187 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 34 173 nafar fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari ishtirok etdi.

Berilgan aniq ko‘rsatmalar va amaliy choralar natijasida jami 12 ming  942 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni isrof bo‘lishi oldi olinganishiga erishildi.

Jumladan, ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orish, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yish, suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, sug‘orish ishlariga yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, dalada suvni qarovsiz qoldirish, limitdan ortiqcha suv olish, ajratilgan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanish va boshqa shu kabi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, 3 ming 245 ta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyadan foydalanmasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini anʼanaviy sug‘orishga yo‘l qo‘yilishining oldi olindi.

Buning natijasida esa, 2021 yilda subsidiya olib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan, lekin mazkur texnologiyani  2022 yilda yilda ishlatishga ulgurmagan 15 mingdan ortiq gektar maydonda  texnologiyalar ishga tushirilishiga erishildi.

Inspeksiya xodimlarining bevosita amaliy yordami bilan :

1690 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari o‘rtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi;

2000 ortiq holatda suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi;

300 dan ziyod obyektda o‘quv seminarlari tashkil qilinib,
1 472 ta holatda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni tushuntirish, undagi talablar buzilishining oldini olishga qaratilgan uslubiy va tavsiyaviy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda, Inspeksiya xodimlari tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi natijasida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyati darajasi yuksalib, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish taʼminlanmoqda.

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

 

Text to speech