Ру Ўз O`z En

2021 yildan boshoqli don ekinlari boʼyicha davlat xaridi toʼliq bekor qilinadi

9 Sentyabr 2020 2368

Hukumatning “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori (546-son, 08.09.2020 yil) qabul qilindi.

Unga koʼra:

- Prezidentning 2020 yil 6 martdagi “Gʼalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat tomonidan gʼallaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;

- boshoqli don ekinlari boʼyicha davlat xaridi toʼliq bekor qilinadi;

- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi donning fьyuchers, forqard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilish belgilandi.

Qaror bilan, shuningdek:

- Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun prognoz koʼrsatkichlari;

- superelita urugʼlik don yetishtirish xajmlarining prognoz koʼrsatkichlari;

- boshoqli don ekinlari urugʼlarini tayyorlash xajmlarining prognoz koʼrsatkichlari;

- don va don mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar don xajmlari kabilar belgilandi.

Shu bilan birgalikda,

2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urugʼlarini yetarli miqdorda nav va avlodlar boʼyicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlarini shu yilning 25 sentyabriga qadar yakunlash belgilandi.

Text to speech