Ру Ўз O`z En

2023 yil hosili uchun boshoqli don ekish ishlariga tayyorgarlik Inspeksiya nazoratida

22 Avgust 2022 1681

Hukumatning 2023 yil hosili uchun g‘alla navlarini joylashtirish, urug‘lik don tayyorlash, don ekish agregatlarini taʼmirlash, ekish uchun yer tayyorlash va ekish mavsumini uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan bergan topshirig‘iga asosan, 2023 yil hosili uchun 1 mln 241 ming 796 gektar, shundan 1 mln 186 ming 496 gektari suvli maydonlarga hamda 55 ming 300 gektar lalmi maydonlarga boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ayni kunda muhim hisoblangan 2023 yil hosili uchun hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tashkil etilishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, boshoqli don ekinlari ekishdan oldin yoki ekish bilan birga yerga beriladigan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar talabi monitoring qilinganda, bu yilgi ekish mavsumiga (fizik holda) 222 ming 034 tonna fosforli hamda 83 ming 335 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar talab etilishi maʼlum bo‘ldi.

Shu bilan birga, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan don ekish bilan beriladigan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning hududlarda jamg‘arilishi nazorat qilib borilib, bugungi kunda Respublika bo‘yicha 33 ming 504 tonna fosforli va 6 ming 190 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar jamg‘arilganligi kuzatildi.

Shuningdek, boshoqli don ekinlarini o‘z muddatida va sifatli ekish ishlarini amalga oshirish uchun 1044 dona don ekish seyalkalari hamda 7351 dona don ekish moslamalari jalb qilingan.

Respublika hududlarida bugungi kunda 37 ming 88 gektar maydonda boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlanib, 5 ming 666 gektar maydonda don ekish ishlari amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlari hamda g‘alla parvarishida amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi doimiy nazoratga olib boriladi.

O‘zagroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligidaagrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech