Ру Ўз O`z En

Qashqadaryo: texnika holatini nazorat qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar

7 May 2024 250

Qashqadaryo viloyatida jami 40 ming 856 ta qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilish texnikasi hamda agregatlari mavjud bo‘lib, shundan, 2024-yil yanvar-aprel oylarida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan 698 dona texnikalar ro‘yxatga olingan va 642 ta texnikalarga davlat raqam belgilari berilishi taʼminlangan.

Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha joriy yilning shu davriga qadar 3 673 ta qishloq xo‘jalik texniklari- shundan 584 ta  yangi texnika vositalariga plastik shaklda texnik pasportlar rasmiylashtirildi, hamda  3 ming nafardan ortiq fuqarolarning eski namunadagi texnik pasportlari yangi shaklga almashtirib berildi.

Viloyatdagi 7 ming 103 ta qishloq xo‘jalik texnikalari yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarga 1 milliard 626 million so‘mlik davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan sohada qonun ustuvorligini taʼminlash va qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish talablariga rioya etmagan huquqbuzarlarga nisbatan 275 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan taʼsir choralar qo‘llanildi.

Bundan tashqari, "O‘zagroinspeksiya" va ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hamkorligidagi qo‘shma tadbirlar rejasiga ko‘ra inspeksiyaning viloyat boshqarma va tumanlar bo‘limlari tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyatida bugungi kunga qadar jami 267 ta qo‘shma reyd o‘tkazilgan.   

Birgina Nishon tumanida joriy yilning 29-aprel kunida inspeksiyaning Nishon tuman bo‘limi hamda Nishon tuman IIB YPX bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qo‘shma reyd” tadbirlari davomida Fuqaro N.S tegishli 1 dona MTZ-80X traktori tormoz chiroqlari va yon chiroqlari yonmasligi aniqlangan. Fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining MJtKning  112-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgan deb topilib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sh. TojiyevO‘zagroinspeksyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi bosh mutaxassisi

Text to speech