Ру Ўз O`z En

Yana bir ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

13 Mart 2024 479

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining “O‘simliklar karantini va himoyasi” ilmiy-tadqiqot instituti hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari O.Sulaymonov hamda Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi nomidan bo‘lim boshlig‘i Sh.Usubaliyev va boshqa xodimlar ishtirok etdilar.

Hamkorlik kelishuviga ko‘ra, fan-taʼlim-ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish uchun birgalikda innovatsion guruh tashkil etish, innovatsion guruh tarkibiga tajribali va yuqori malakali mutaxassislarni kiritish va ularning samarali ishlashlari uchun zaruriy shart sharoitlarni yaratish hamda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida kadrlarni davlat taʼlim standartlari talablari darajasida qayta tayyorlashda hamkor tashkilotning tavsiyalarini eʼtiborga olish, tajribali va yuqori malakali mutaxassislarni o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida o‘tkaziladigan qayta tayyorlov kurslari va o‘quv seminarlarda ishtirok etishlarini taʼminlashga kelishib oldilar. 

Text to speech