Ру Ўз O`z En

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi  

15 Fevral 2024 661

«O‘zagroinspeksiya» huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida Markazning Xorazm viloyati filiali binosida “Korrupsiya nima va uning oldini olish uchun qanday profilaktika choralari zarur” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmati tomonidan Markazning - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Qonuni (2008), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (2017), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (2020) hamda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari (2021) so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ko‘rish mumkin.

Bu huquqiy asoslarning ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari ustuvorligi tamoyillariga asoslangan hujjatlar hisoblanishi taʼkidlab o‘tildi.

Korrupsiyaning oldini olish va xodimlarning korrupsion hatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun bino va inshootlarga, axborot stendlariga ijtimoiy reklama plakatlarini joylashtirish hamda yuzaga keluvchi korrupsion hati-harakatni oldini olish maqsadida filial masʼullariga ko‘rsatmalar berildi.  

Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok yetuvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir yetganlik uchun javobgarlik choralari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi. 

Tadbir so‘ngida Xorazm viloyati filiali xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha tegishli javoblar berildi.  

Text to speech