Ру Ўз O`z En

O‘z holiga tashlab qo‘yilgan yer tuman hokimligi zaxirasiga qaytariladi

5 Mart 2024 473

 “O‘zagroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan Xo‘jayli tumani “Sarishungul” massivi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Greenhouse xujayli”  masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (gidroponika usulida) issiqxona qurish uchun ajratilgan 16.5 gektar yerdan foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, ushbu MCHJ ga tuman hokimining 2020-yil 28-avgustdagi 659/08-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi yer xaritasi bo‘yicha 28, 29, 30, 31, 32, 33 va 66q-konturdan jami 16,5 gektar, shundan 15,8 gektar yaylov yer maydoni issiqxona qurish maqsadida doimiy foydalanish uchun ijaraga ajratib berilgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, issiqxona qurish uchun ajratilgan yerdan issiqxona qurmasdan yer maydonni qarovsiz o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, jami 16,5 gektar, shundan 15,8 gektar yaylov yer maydoni (gidroponika usulida) issiqxona qurmasdan foydalanilmay turganligi holati bo‘yicha tuman hokimligining zaxira yer maydonlariga qaytarib olish yuzasidan Xo‘jayli tuman hokimligiga hujjatlar tayyorlanmoqda.

B. Ibrayimov, “O‘zagroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston  Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 

Text to speech