Ру Ўз O`z En

Andijon : Viloyatdagi urug‘lik paxta maydonlari aprobatsiya ishlari Agroinspeksiya nazoratida

16 Avgust 2022 1116

Andijon viloyatida kelgusi yil hosili uchun yuqori sifatli navdor urug‘lik paxta xomashyosi zaxirasini yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan hududlardan tanlab olingan fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za navlari kesimida avlodli urug‘liklar yetishtirilayotgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari tomonidan viloyat bo‘yicha 9 ming 500 gektar maydonga viloyat iqlim sharoitida yaratilib davlat reyestriga kiritilgan Andijon-35, Andijon-36, Andijon-37 navlari, istiqbolli O‘zPITI-201, O‘zPITI-202, O‘zPITI-203 va Sharq navlari ekilgan bo‘lib, jami ekilgan maydondan 14 ming tonnadan ortiq urug‘lik paxta hosili olinishi rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan Nizom talablari hamda 2022 yil 30 iyuldagi 03/1-669-sonli bayonnomaga asosan yetishtirilayotgan urug‘lik paxtaning navdorligi, kutilayotgan hosildorlikni aniqlash, shu asosda kelgusi yil hosili uchun yuqori sifatli urug‘lik chigit zaxirasini yaratish maqsadida aprobatsiya ko‘rigini haqqoniy o‘tkazilishi nazoratga olindi.

 Bugungi kunda, viloyatning urug‘lik yetishtiruvchi tumanlarida mazkur bayonnoma ijrosi yuzasidan amaliy o‘quv seminarlari o‘tkazilib, dalani o‘zida aprobatsiya bo‘yicha talab etiladigan barcha hisob-kitoblar hamda nav tozaligini o‘tkazish ishlari amaliy tarzda ko‘rsatilib, tushuntirib berilmoqda.

Namangan viloyatida o‘tkazilgan Respublika o‘quv-amaliy seminaridan so‘ng xuddi shunday amaliy seminarlar viloyatning Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida boshlab berildi va shu kungacha 7 ta tumanda o‘tkazildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, avvalo urug‘lik uchun ekilgan paxta maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini sifatli qilib o‘tkazish, g‘o‘za navlarining morfologik belgilaridan kelib chiqib, begona navlardan tozalash orqali bo‘lg‘usi hosilni yaratishdan iboratdir.

O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari maʼsul inspektorlari tomonidan, urug‘lik paxta maydonlarini sifati, tanlangan navlar tozaligi, dala maydonlarini begona o‘tlardan holi ekanligi alohida eʼtibor qaratilgan holda nazorat olib borib, o‘rganilgan maydonlarda dala aprobatsiyasini o‘tkazish va urug‘lik paxtani belgilangan hosil shoxlaridan yig‘ib olish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

        

 

U. Abdullayev, “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori                                                            

 M.Abdusalomov, “O‘zagroinspeksiyaning viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori  

Text to speech