Ру Ўз O`z En

Bir fuqaro tomonidan bir vaqtning oʼzida 2 ta qonunbuzilish holati sodir etilgan.

29 Sentyabr 2020 1784

Oʼzbekiston Respublikasi “Er va suv resurslaridan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosi boʼyicha Jalaquduq tumani Oyim massivida Inspektsiyaning Аndijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari oʼtkazilganida quyidagi qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Massivning 292-Q konturidagi 0.52 gektar yer maydoni fuqaro M.T tomonidan oʼzboshimchalik bilan egallab olinib, buning ustiga u yerga noqonuniy ravishda sholi ekini ekib olganligi aniqlangan. Ekilgan sholi maydonini sugʼorish uchun fuqaro M.T “Suvdan foydalanish toʼgʼrisida”gi qonunini buzib, Jalaquduq tuman Suv isteʼmolchilari uyushmasi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan, suvdan oʼzboshimchalik bilan foydalangan va umumiy qiymati 747 949 soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Natijada har ikkala holatda, yaʼni yerdan hamda suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini qoʼpol ravishda buzilganligi aniqlandi.

Mazkur holat boʼyicha Jalaquduq tuman Maʼmuriy sudi tomonidan toʼplangan dalillar oʼz tasdigʼini topib, fuqaro M. T ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan BHning 10 barobari va 74-moddasi 2-qismi bilan BHning 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari yaʼni 2230000 (ikki million ikki yuz oʼttiz ming) soʼm jarima jazosi tayinlanib, davlat foydasiga undirilishi boʼyicha qaror qilindi.

"Oʼzagroinspektsiya" Аndijon viloyati boshqarmasi

Text to speech