Ру Ўз O`z En

Buxoro: xirmonlar sifatli donga to‘lmoqda

12 Iyun 2024 607

Buxoro viloyatida 2024 yil g‘alla hosilidan jami 146 800 tonna, shundan jamg‘armaga 52 300 tonna, vaqtincha saqlash uchun 94 500 tonna don qabul qilish rejalashtirilgan.

Aholini sifatli don, un va non mahsulotlari bilan taʼminlash, ichki bozorda oziq-ovqat xavfsizligi va don hamda non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash maqsadida davlat resursi uchun qabul qilinadigan bug‘doy sotib oluvchi tijorat vakili tomonidan oziq-ovqat maqsadlarida foydalanishini inobatga olib, davlat standartlari talablari asosida sifatli don qabul qilish va saqlash talab etiladi.

Joriy yilning 11 iyun holatiga jami 25 408 tonna shundan 4 405 tonna jamg‘arma hisobiga, 21 003 tonna vaqtincha saqlash uchun tovar don O´zDSt 880:2015 davlat standarti talablariga muvofiq qabul qilindi.

Don qabul qilish shoxobchalari laboratoriyalari qabul qilinayotgan tovar donlar bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar talablari asosida va donni sifati hamda sinfiga qarab joylashtirilishi, to‘g‘ri tahlil qilinishini hamda alohida namuna saqlash xonalarida saqlanishi “O‘zagroinspeksiyaning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Shuningdek, don qabul qilinishida bazis va chegaralangan meʼyorlari to‘g‘ri olib borilishini, bunda namlik – 14,0%, ifloslik – 1,0%, donli aralashma – 3,0%, natura – 750 G/l sifat ko‘rsatkichlari BAZIS meʼyori hamda namlik – 17,0%, ifloslik – 5,0%, donli aralashmasi – 15,0% sifat ko‘rsatkichlari chegaralagan meʼyorlarda bo‘lishi yuzasidan don qabul qilish shoxobchalardagi laboratoriya xodimlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Agroincpeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Text to speech