Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik nazorati bo‘yicha jami 205 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan

20 May 2021 1653

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatga asosan Inspeksiyaning Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasiga idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.

Xususan, joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida Inspeksiyaning Chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish yo‘nalishida jami 667 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Shundan, 608 ta monitoring va 59 ta tekshirishlar (shundan 37 tasi xabardor qilish tartibida) o‘tkazildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan jami 60 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, 16 ta holatda taqdimnomalar, 129 ta holatda yozma ko‘rsatma va 520 ta ogohlantiruvlar berilib, sodir qilinishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olish choralari ko‘rilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jami 17 ta, shundan 15 ta sudlarga va 2 ta prokuratura organlariga materiallar yuborildi.

Shuningdek, may oyining birinchi o‘n kunligi davomida, aniqlangan huquqbuzarliklar hamda ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan jami 113 mln. 844 ming so‘m pul mablag‘lari davlat byudjetiga o‘tkazilishi taʼminlandi.

Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasining joylardagi inspektorlari tomonidan yil davomida har bir hududda chorvachilik subyektlarida naslchilik ishlariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar kunlik o‘rganilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borilmoqda.  

  B. Eraliyev, "O‘zagroinspeksiya" Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasi o‘rinbosari                                   

Text to speech