Ру Ўз O`z En

Jizzax viloyatida 27 ta holatda 79 gektar maydonlarda qishloq xo‘jaligi yerlariga yetkazilgan zarar hisoblandi

15 Yanvar 2024 1082

Boshqarmaning qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida jami 27 ta holatda 78,95 gektar maydonlarda qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish holatlari aniqlanib, jami 3 mlrd 9 mln 375 ming so‘m miqdorida zararlar hisoblangan va ushbu maʼlumotlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Jumladan, Sharof Rashidov tumanida 11 ta holatda 1 mlrd   949 mln 280 ming so‘m, Zafarobod tumanida 5 ta holatda 120 mln 232 ming so‘m, G‘allaorol tumanida 4 ta holatda 439 mln 870 ming so‘m, Zomin tumanida 3 ta holatda  24 mln 520 ming so‘m, Forish tumanida 22 mln 993 ming so‘m, Bahmal tumanida 1 ta holatda 11 mln 775 ming so‘m, Do‘stlik tumanida 1 ta holatda 3 mln 467 ming so‘m va Jizzax shahrida 1 ta holatda 437 mln 407 ming so‘mlik keltirilgan zararlar hisoblandi

Mazkur holatlar bo‘yicha yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Prokuratura hamda IIB tergov organlari tomonidan tergov harakatlari va sud jarayonlari davom etmoqda.

 Boshqarmaning qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Forish tumani, «Egizbuloq» MFY hududidagi «SOFSOR» MCHJ tomonidan 22 mln 993 ming 061 so‘m hamda SH.Rashidov tumani “Ultra beton” MCHJ tomonidan 116 mln 228 ming 660 so‘m miqdorda qishloq xo‘jaligi yerlariga keltirilgan zararlar aniqlangan

Boshqarma tomonidan o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish holatlari bo‘yicha hisoblangan zararlarning undirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek boshqarmaning qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarasiz foydalanish holatlari yuzasidan tuman hokimliklariga 32 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Inspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi

Text to speech