Ру Ўз O`z En

Don qabul qilishdagi nizoli holatlar joyida bartaraf etilmoqda

16 Iyul 2022 1840

Prezidentning "G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda Vazirlar Mahkamasining "2022 yil hosilidan bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorlarida belgilangan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan Inspeksiya tomonidan kunlik qatʼiy nazorat o‘rnatilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2022 yil g‘alla hosilidan 2022 yilning 15 iyul holatiga respublika bo‘yicha jami 2 mln. 655 ming 846 tonna, shundan, 1 mln. 842 ming 70 tonna bug‘doy davlat zaxirasiga, 572 ming 942 tonna bug‘doy vaqtincha saqlash uchun va 240 ming 834 tonna urug‘lik don qabul qilindi.

Jamg‘arilgan 2 mln 415 ming 12 tonna bug‘doyning 2 mln. 414 ming 107 tonnasi yoki 99,96 foizi 3-sinfni, 905 tonnasi yoki 0,04 foizi 5-sinfni tashkil qiladi.

Qabul qilingan tovar bug‘doyning o‘rtacha namligi 12,2 foizni, iflosligi 3,2 foizni, don aralashmasi 5,6 foizni, natura og‘irligi 752 gr/lni va kleykovina miqdori 23 foizni, shaffofligi esa 52 foizni tashkil etadi.

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati qayta sinovdan o‘tkazilganda, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini noto‘g‘ri aniqlash hisobiga fermer xo‘jaliklariga jami 223 mln. 291 ming so‘m kam, 5 mln 874 ming so‘m ko‘p to‘langanligi aniqlanib, xo‘jaliklarga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati bo‘yicha Inspeksiyaga 207 ta nizoli holatlar bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, barchasi joyida hal etildi. Shundan, 58 ta holatda bug‘doyning namligi va iflosligi chegaralangan meʼyordan yuqoriligi, 36 ta holatda bug‘doyning sinfi, 113 ta holatda mavsumda don topshirish tartibi hamda qayta tahlillar bo‘yicha nizolar hal etildi. 

S.Zuparov , Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i  

Text to speech