Ру Ўз O`z En

G‘alla o‘rim kombaynlarining mavsumga shayligi inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda

6 May 2021 1657

Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 85 ming gektar maydonda boshoqli don yetishtirilmoqda. Tez orada esa o‘rim-yig‘im ishlari ham boshlanadi.

Viloyatda g‘alla o‘rimi mavsumda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar 297 ta kombayn ishtirok etadi. Jumladan,

Boyovut tumanida – 33 ta,

Guliston tumanida – 42 ta,

Mirzaobod tumanida – 14 ta,

Oqoltin tumanida – 25 ta,

Sardoba tumanida – 38 ta,

Sayxunobod tumanida – 78 ta,

Sirdaryo tumanida – 38 ta,

Xovos tumanida – 29 ta o‘rim kombaynlari mavsumda qatnashishi belgilangan.

Ularning 136 tasiKlaas daminator”, 35 tasi esa “Vektor-410”, “Keys”, “Nyu-xolland” rusumli don o‘rish kombaynlari 124 tani va qolgani boshqa kombaynlarni tashkil etadi.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan mavsumda qatnashadigan don o‘rish kombaynlarini sifatli taʼmirlanishi, sozlanishi, sinalishi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda mavjud 297 ta don o‘rish kombaynlaridan 220 tasi taʼmirdan chiqarilgan bo‘lib, shundan 125 tasi to‘liq sinovdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, o‘rim mavsumiga shayligi to‘g‘risida “O‘zagroinspeksiyaning maxsus sertifikatlari berildi hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼul tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar kiritilib, ularning bajarilishi  nazoratga olindi – deydi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi” bosh inspektori Azimurot Bekkulov.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Text to speech