Ру Ўз O`z En

Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2023-yilning o‘tgan davrida sohada  qonuniylikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar

27 Mart 2024 348

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari  tomonidan 2023-yilning o‘tgan davrida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, Hukumat tomonidan mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlari hamda Inspeksiya boshlig‘ining buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Tahlil etilayotgan davr mobaynida tegishli sohalar bo‘yicha amaldagi qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan jami 8 048 ta nazorat tadbirlari, shundan 92 ta tekshirishlar va 7956 ta o‘rganishlar natijasiga ko‘ra 12 ming 884 ta nazorat hujjatlari qo‘llanildi.

Xususan, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan 159 ta,  shundan tuman hokimliklariga 102 ta, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga 13 ta, Urug‘chilikni rivojlantirish boshqarmasiga 2 ta, klasterlarga 13 ta, irrigatsiya bo‘limlariga 5 ta va boshqa qishloq xo‘jalik tashkilotlariga 24 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lsa, o‘tkazilgan monitoringlar davomida 4822 nafar mansabdor shaxslar qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida rasman ogohlantirilgan, 391 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda 7 ming 497 ta yozma ko‘rsatma berilgan.

Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarning yuritilish yuzasidan jami 391 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar yuritilgan bo‘lib, shundan 349 tasi ko‘rib chiqilib, 42 tasi ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Ushbu huquqbuzarliklarni hal etilishi davomida 107,2 mln. so‘mlik jarima qo‘llanilgan.

 

O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech