Ру Ўз O`z En

INSPEKSIYA BOSHLIG‘IGA MASLAHATCHI TAYINLANDI   

19 May 2021 2268

Irgasheva Gulhayo Akbarovna - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abrol Djabarovich Vaxabovning 2021-yil 18 maydagi buyrug‘i bilan Inspeksiya boshlig‘ining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Gulhayo Akbarovna mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Kadrlar boshqarmasida katta inspektor lavozimida ishlab kelgan.

Tarjimai holi:

Gulhayo Ergasheva 1990 yil 25 may sanasida Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 

2008 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini  Filologiya yo‘nalishida tamomlagan. 

2000 y. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti,

2001 y. “Mustaqillikning 10 yilligi” ko‘krak nishoni,

2006 y. “Mustaqillikning 15 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Yosh oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Metodik taʼminot bo‘limi boshlig‘i, bosh metodist lavozimlarida faoliyat yuritgan.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech