Ру Ўз O`z En

Jizzax: O‘tgan hisobot davrida 794 ta holatda maʼmuriy javobgarlik belgilangan 

12 May 2021 2049

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida agrar sohaning muhim o‘rin egallashi barchaga maʼlum. O‘z navbatida soha taraqqiyotini belgilovchi va uni har tomonlama tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi muhim vazifalardan biri sanaladi.

Shundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan agrosektor tizimda sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash va unga qarshi kurash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida qonun hujjatlari bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan doimiy o‘rganish va nazorat tadbirlarida 2062 qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 794 holatda huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 683 yozma ko‘rsatma va 7323 ogohlantirishlar berilgan. Bundan tashqari, jiddiy huquqbuzarlik deb baholangan va tarkibida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan jami 268 hujjat - qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shart-sharoitlarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha masʼul shaxslarga 317 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Agrosanoat majmuida yuzaga kelgan huquqbuzarliklarni aniqlash, unga chora qo‘llash borasida Inspeksiyaning hududiy boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

 

Oybek Murotov, “O‘zagroincpeksiya” Jizzax viloyat boshqarmasi

Maʼmuriy amaliyot bo‘limi katta inspektori

Text to speech