Ру Ўз O`z En

Joriy yilda viloyatning 2 ming 235 gektar maydonlarida yangidan bog‘ va tokzorlar barpo qilinadi

4 Mart 2021 1690

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4549-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda 2021 yilda barpo etiladigan intensiv bog‘ va tokzorlarni joylarda barpo etish loyihalarini o‘z muddatlarida amalga oshirish belgilangan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan viloyatda bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan bo‘lib, bugungi kunda ko‘chat ekish uchun yer tayyorlash va ko‘chatlarni ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotganligini ko‘rish mumkin.

  Viloyat bo‘yicha 2021 yilda jami 2235 gektarga yangidan bog‘ va tokzorlar barpo qilinadi. Shundan, 1761 gektar maydonlarda bog‘ va 474 gektar maydonda tokzorlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

 Bugungi kunda 1785 gektar yer maydonlari ko‘chatlar ekishga tayyorlangan, 965 gektar maydonlarda esa ko‘chatlar ekilgan bo‘lib, shundan 761 gektar maydonda yangi intensiv bog‘ va 204 gektar maydonlarda tokzorlar barpo etilganligi buning yaqqol isbotidir.

 Jumladan, Boyovut tumanida 45 gektar, Gulistonda 35 gektar, Mirzaobodda 10 gektar, Oqoltinda 26 gektar, Sayxunobodda 33 gektar, Sirdaryoda 29 gektar, Sardoba tumanida 952 gektar maydonda yangidan intensiv usulda bog‘ ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 272 gektar bog‘ barpo etildi, shuningdek Xovos tumanida 391 gektar maydonda yangidan intensiv usulda bog‘ ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 310 gektar maydonlarda mevali daraxtlar ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilganligi aniqlangan.

 Bundan tashqari, ekilishi rejalashtirilgan 474 gektar tokzorlardan bugungi kunda 274 gektar maydonlarda tok ko‘chatlari ekish uchun yer tayyorlanib, 204 gektar maydonlarda ko‘chatlar ekilganligi aniqlangan.

 “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olinib, yangidan intensiv usulda tashkil etayotgan fermer xo‘jaliklariga, klaster va qishloq xo‘jaligi korxonalariga muntazam ravishda amaliy yordam va ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Xamidjonov,“O‘zagroinspeksiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish bo‘limi” katta inspektori.                           

 

Text to speech