Ру Ўз O`z En

Qorovulbozor: Tumanda qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari yakuni yetkazilmoqda.

12 Yanvar 2024 985

Ayni paytda viloyat miqyosida chigit ekish mavsumida qatnashadigan jami 400 tadan ortiq chigit ekish seyalkalari, 2395 ta chopiq traktori va kultivatorlar, 400 tadan oshiq kultivator, 515 ta chizel va 12 ming tadan ortiq tadan tishli boronalarni taʼmirlash va taʼmirdan chiqarilgan texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Birgina Qorovulbozor tumanidagi agrotexnik tadbirlarga to‘xtalsak, cho‘lquvarlar hududida joriy qishki mavsumda umumiy maydoni 6 ming 519 gektar yer chuqur shudgordan chiqarilib, dala ishlariga 27 ta yuqori unumdor haydov traktori va tajribali mexanizatorlardan tarkib topgan otryadlar jalb qilingan. Ular mehnati bilan bir kunda o‘rtacha 15 ta haydov texnikasi vositasida 116 gektar yer maydoni talab darajasida haydalgan.

-Erta bahorgi chigit ekish mavsumi uchun cho‘lquvarlar tumanida jami 76 ta chopiq traktori va kultivator, 36 ta chigit ekish seyalkasi, 39 ta pushta olgich, 186 ta tishli borona va 15 taOVX” rusumli purkagich texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda - deydi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorovulbozor tumani bo‘limi katta inspektori Anvar Jamolov.

Tumanda fermerlarning yaqin hamkori sifatida “Buxoro Agrocluster” va “ARK Yeco textile” MCHJ paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan ikki klasterning texnikalar parkida mexanik, chilangar va boshqa usta mutaxassislarga barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sifatli taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Agroinspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi

Text to speech