Ру Ўз O`z En

NАMАNGАNDА ZOTLI MOLLАR SАLMOGʼI KOʼPАYMOQDА

11 Sentyabr 2020 2692

Yurtimizda pandemiya sharoitida aholini sut va goʼsht mahsulotlari bilan taʼminlash yoʼlida chorvachilik xoʼjaliklari va tadbirkorlar tomonidan samarali saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan chorvadorlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar hamda soliq imtiyozlarini qoʼllagan holda Namangan viloyatida ham naslchilikka alohida eʼtibor qaratish, zotli mollar salmogʼini koʼpaytirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Tahlillarga koʼra, viloyatga 2015-2017 yillarda 1548 bosh naslli mollar keltirilgan boʼlsa, 2018-2019 yillarda 3701 bosh hamda 2020 yilning shu davriga qadar 664 bosh naslli mollar chet davlatlardan import qilib keltirilgan, yil yakuniga qadar chorvachilik dasturiga asosan bank kreditlari va xorijiy kredit liniyalari asosida yana 800 boshdan ortiq zotli mollar keltirilishi koʼzda tutilgan.

Joriy yilda chet davlatlardan keltirilgan naslli mollar Kosonsoy tumanidagi “Osmon sayyorasi” naslchilik xoʼjaligida 157 bosh, “Chorbogʼ oltin parranda” fermer xoʼjaligida 32 bosh, Uychi tumanidagi “Аbduxalil Аbubakr Chorva” fermer xoʼjaligida 33 bosh, “Аxsi baraka” fermer xoʼjaligida 61 bosh, “Jiydakapa parranda” fermer xoʼjaligida 62 bosh, Uchqoʼrgʼon tumanidagi “Gʼulomjon” fermer xoʼjaligida 99 bosh, “Uchqoʼrgʼon goʼsht sut” fermer xoʼjaligida 62 bosh, Chortoq tumanidagi “Egamberdi Zokirjon Toxirjon” fermer xoʼjaligida 31 bosh, Chust tumanidagi "Olmos Аl Baraka” fermer xoʼjaligida 32 bosh, “Аlijon Zulfiya Xoji” fermer xoʼjaligida 31 bosh, “Etti chinor” fermer xoʼjaligida 31 bosh, Yangiqoʼrgʼon tumanidagi “Niyozxoʼjaev Аʼzamxoʼja Xamrohxoʼja” naslchilik xoʼjaligida 32 bosh parvarish qilinmoqda.

Keltirilgan zotdor qoramollardan oqilona foydalanish, ularni qayta koʼpaytirish, naslchilik ishini toʼgʼri tashkil etilishi naslli mollar salmogʼini oshishiga, sut va goʼsht mahsulotlarining koʼpayishiga hamda aholi xonadonlarini naslli mollar bilan taʼminlash darajasining oʼsishiga omil boʼlmoqda.

Inspektsiya tuman boʼlimlarining chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish boʼyicha inspektorlari tomonidan naslli qoramollarni belgilangan tartibda davlat registridan roʼyxatdan oʼtkazishi, naslchilik ishlarini tashkil etilishi, ulardan oqilona foydalanish hamda qayta koʼpaytirish ishlari doimiy nazoratga olingan boʼlib, joriy yilning oʼtgan davrida meʼyoriy xuquqiy xujjatlarga amal qilinishi yuzasidan 25 ta ogohlantiruvlar,

133 ta amaliy koʼrsatmalar berilib, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga yaqindan koʼmak berib kelmoqdalar.

 

Mirobxoʼja Boboxoʼjaev, "Oʼzagroinspektsiya" Namangan viloyat boshqarmasining chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori

Text to speech