Ру Ўз O`z En

Navoiy: qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmoqda

5 Fevral 2024 732

O‘zagroinspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi tomonidan Navbahor tumani “Kesgan terak” massivi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Tojmaxal kelajagi” xususiy korxonasiga issiqxona qurish uchun ajratilgan 0.20 gektar yerdan foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi.

 Jumladan, Navbahor tumani “Kesgan terak” massivida joylashgan tuman zaxira yerlaridan “Tojmahal kelajagi”  xususiy korxonasiga tuman hokimining 2014- yil 13-noyabrdagi q-931- sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi yer xaritasi bo‘yicha 317-konturdan жами 0.20 gektar, shundan 0.20 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni issiqxona qurish uchun doimiy foydalanish uchun ijaraga ajratib berilgan.

 Issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonida yerdan foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazilganda tuman hokimi qarorida ko‘rsatilgan 317- kontur o‘rniga 364q- konturdan yer maydonini o‘rinini almashtirish bo‘yicha tuman hokimining qarorisiz noqonuniy ravishda issiqxona qurmasdan boshqa maqsadda yaʼni g‘alla ekib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

 Yuqoridagilarga asosan, “Tojmahal kelajagi” xususiy korxonasi rahbari A. Z.ga “Yer kodeksi”ning 36, 38, 40, 85 - moddalarida nazarda tutilgan qonunbuzilishlari aniqlanganligi sababli, tuman hokimining qarorisiz noqonuniy ravishda issiqxona qurmasdan g‘alla ekib foydalanib kelayotgan 0.20 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonining tuman hokimligi zaxira fondiga qaytarib olinishi bo‘yicha hujjatlar o‘rganilmoqda.

 

A.Turabov, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi mutaxassisi

Text to speech