Ру Ўз O`z En

Jizzax viloyati urug‘lik paxta maydonlarida aprobatsiya jarayonining sifatli o‘tkazilishini tashkil etish to‘g‘risida

23 Avgust 2023 1810

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 7-avgust 2023-yildagi 146-sonli buyrug‘i ijrosi hamda urug‘lik paxta maydonlarida aprobatsiya jarayonini sifatli o‘tkazilishini taminlash maqsadida,  joriy yilning 10-avgust kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Yorug‘lik” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar Kengash tashkil etildi.

Seminar Kengashda viloyat Qishloq xo‘jalik boshqarmasi, viloyat “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM, “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari, paxtachilik tumanlari qishloq xo‘jalik bo‘limlari boshliqlari, paxta to‘qimachilik klasterlari, urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda aprobatsiya ishchi guruhi aʼzolari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari, viloyatdagi jami 276 ta subyektlar tomonidan 6140 gektar urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash yuzasidan o‘zaro fikr almashib, kelishib olindi.

Bundan tashqari, viloyat “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK mutaxassislari tomonidan urug‘chilik subyektlariga urug‘lik yetishtirishda qo‘yiladigan talablar, dala ko‘rigining o‘tkazilish tartibi va vazifalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarda “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan aprobatsiya ishchi guruh aʼzolari, paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga, urug‘lik paxta maydonlarda aprobatsiya ko‘rigining o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-521-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 641-sonli qaror talablari asosida nazoratga olinishi hamda urug‘chilik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Text to speech