Ру Ўз O`z En

PАXTА QАBUL QILIShDА YUZАGА KELАDIGАN NIZOLАRNI BАRTАRАF ETISh BOʼYIChА IShChI GURUHI TUZILDI

9 Sentyabr 2020 1771

“Oʼzagroinspektsiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2020 yil - paxta mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ichki tashishlarni nazorat qilib borish boʼyicha oʼquv-amaliy seminari tashkil etildi.

Tadbirda Аgronspektsiya mutasaddilari, mutaxassislar, paxta xom-ashyosi don urugʼlar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish hamda qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarini yetishtirishni va taʼminotini nazorat qilish boʼlimlarining tumanlardagi inspektorlari ishtirok etishdi.

Oʼquv-amaliy seminarida qatnashchilarga paxta toʼqimachilik ishlab chiqarish va klasterlar hamda kooperatsiyalar tomonidan fermer xoʼjaliklaridan qabul qilib olinayotgan paxta xom-ashyosining sifati, navi va namligi boʼyicha laboratoriya tekshiruvlari toʼgʼri oʼtkazilishi, fermer xoʼjaliklari tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilishda yuzaga keladigan nizolarni adolatli hal etilishi hamda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn oʼrtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli qoʼllanilishini nazorat qilish tushuntirildi.

Shuningdek, “Oʼzagroinspektsiya” viloyat boshqarmasi tomonidan paxta qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda fermer xoʼjaliklar tomonidan topshirilayotgan paxta xom-ashyosini qabul qilish, miqdori va sifatini aniqlashda vujudga keladigan muammolarni hal etish boʼyicha ishchi guruhi tashkil etildi.

- Mazkur ishchi guruhlari paxta terimi mavsumida fermer xoʼjaliklari va paxtani qabul qilish qilish korxonalari oʼrtasida topshirilayotgan paxta xom-ashyosining sifati boʼyicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor ravishda hal etib boradi,- deydi boshqarma katta inspektori Oybek Hakimov. – Shuningdek, tahlillar natijalari boʼyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, har kuni viloyat boshqarmasiga, boshqarma esa Respublika “Muvofiqlashtiruvchi ishchi garuhiga” taqdim etadi.

Seminarda inspektorlarni malakasini oshirish, tushuncha va tasavvurlarini boyitish boʼyicha kerakli va muhim maʼlumotlar berildi.

 

“Oʼzagroinspektsiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech