Ру Ўз O`z En

Paxtachilik sohasi mutaxassislari Misrda malaka oshirmoqda

2 Dekabr 2022 1235

Joriy yilning 1-9-dekabr kunlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 15 nafar paxtachilik sohasi mutaxassislari Misrdagi Paxtaga ixtisoslashgan Xalqaro o‘quv markazda bepul o‘quv-kursini o‘tamoqda.

Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamkorligida tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining 2022 yil 5-7 oktyabr kunlari Misr Arab Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safarida mamlakatimizning Qohiradagi Elchixonasi tomonidan Misr Paxta arbitraji va sinovi bosh tashkiloti (CATGO) raisi Muhammad Halil Xidr bilan uchrashuv tashkil etilib, joriy yilning noyabr – dekabr oylarida tashkilotning Paxtaga ixtisoslashgan Xalqaro o‘quv markazida o‘zbekistonlik soha mutaxassislari uchun qisqa muddatli o‘quv-kursini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Misrning paxtachilikka ixtisoslashgan CATGO tashkiloti 1965 yilda tashkil etilgan. Ushbu markazning asosiy vazifasi uzun va mustahkam tolali paxta sifatini saqlashdan iborat. Markazda mutaxassislar uchun  7-30 kunlik o‘quv kurslar tashkil etiladi. Ularda paxta navlarini ajratish va klassifikatsiya qilish, namunalar asosida maxsus tekshiruvlar o‘tkazish, namlikni aniqlash, tozalash, zararkunandalarga qarshi kurashish, yigiruv va to‘quv mahsulotlari sifatini belgilash, paxta vaznini o‘lchash, marketingini amalga oshirish, eksportiga oid masalalar va boshqa dolzarb dasturlar bo‘yicha kasbiy taʼlim shuningdek, malaka oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Text to speech